#Sumalak_sayli
Xush kelding bahor
Istiqlolning ushbu navbatdagi bahori ham o‘zining kumushrang qanotlarida bayramlarga boy elimizga Navro‘zi olamni - Yangi kunni, Yangi yilni va albatta Yaxshi kunni olib kelmoqda.
Xalqimizning qadimiy va azaliy bayrami bo‘lmish Navro‘z arafasida turli tuman milliy taomlar tayyorlanadi, ana shu taomlarning shohi esa – sumalakdir.
Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan tadbir. Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda milliy taom hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham "Xush kelding bahor" shiori ostida "Sumalak sayli" tashkil etildi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim

#milliy_kun
🔰Har qanday millatning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi qadriyat va timsollar, mezon va manbalar majmuida milliy liboslar ham alohida o‘rin tutadi. Milliy liboslar xalqning uzoq asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlarini o‘zida mujassam etadi. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.
💥Respublikamiz bo‘ylab milliy liboslarimizni targ‘ib etishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o'quvchilari o‘rtasida ham targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🔷Bu kabi tadbirlar ijod maktabi o'quvchilarining milliy qadriyatlarga muhabbat va e’tiborini oshirib, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_kun
🔰 Milliy liboslar xalqning uzoq asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlarini o‘zida mujassam etadi. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.
💥 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o'quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari.

1-mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan sana
Bahor keldi seni so‘roqlab
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak, hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog‘larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.
Topmay sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan zafar yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
"Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
"Baxtim bormi deya", yakkash so‘roqlab
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x na’shidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonxol?"
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga.
U ham gaming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!

ZULFIYAXONIMGA
Bahor sizdan andoza olgan,
Gul-yuzingiz husniga xushtor.
Siz tavallud topgan lahzada,
Gulzorimga kelgandi bahor.
Tonggi nasim mayin yuzingiz,
Silaganda boychechak kulgan.
Qahratondan zerikkan zamin,
Shu lahzada nurlarga to‘lgan.
Ijod sizga hamnafas bo‘lib,
Yo‘l yurdingiz-she’r bo‘ldi izlar.
Mana qancha yillar ortida,
Ko‘nglingizga havasmand qizlar.
Zulfiyasi bo‘lib o‘zbekning,
Har bahorda kelgaysiz yonib.
Shul bahona ko‘klam kulgaydir,
Qahraton qish zahrini yorib.
✍Sarvinoz Dadajonova,
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Bahor sizdan andoza olgan,
Gul-yuzingiz husniga xushtor.
Siz tavallud topgan lahzada,
Gulzorimga kelgandi bahor.
Tonggi nasim mayin yuzingiz,
Silaganda boychechak kulgan.
Qahratondan zerikkan zamin,
Shu lahzada nurlarga to‘lgan.
Ijod sizga hamnafas bo‘lib,
Yo‘l yurdingiz-she’r bo‘ldi izlar.
Mana qancha yillar ortida,
Ko‘nglingizga havasmand qizlar.
Zulfiyasi bo‘lib o‘zbekning,
Har bahorda kelgaysiz yonib.
Shul bahona ko‘klam kulgaydir,
Qahraton qish zahrini yorib.
✍Sarvinoz Dadajonova,
Muhammad Yusuf nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
1-mart O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavallud topgan sana
Bahor
1.
Bahorni sevaman! Oh, yalang davron!
Shoirlar xilma-xil tashbeh topamiz.
Qishning qo‘rg‘onidan chiqib sog‘-omon,
Ko‘klam og‘ushiga qarab chopamiz.
Bahor – tabiatning ibtidosidir,
Tabarruk yil umrin boshlab beradi.
Bahor – shoirlarning iddaosidir,
Ilhom ko‘zlarini yoshlab beradi.
Tabarruk yil umrin boshlab beradi.
2.
Yaltillar samoda uch kunlik qamar.
Yana dalalarga tushadi izlar.
Boshlariga bog‘lab tolkuchuk chambar,
Suluvlik san’atin o‘rganar qizlar.
Bilmayman, nedir u – qizlarmi go‘zal,
Va yo kurtak otgan nafis surx novda?
Tog‘lar jonlanibdi, hamal-da hamal,
Zamin uyg‘onibdi, soylar bezovta
Va yo kurtak otgan nafis surx novda?...
3.
Shabada esadi tog‘lar tarafdan,
Ey mudroq Ona yer, ko‘zlaringni och!
Ajralib chiqaru ana, qurch safdan
Chekkadagi tomga qo‘nar qaldirg‘och.
Qadrdon hovliga bo‘lib parvona
Parillar, charx urar ayvon tagida.
Inin tuzatmoqqa erinmay yana
Xas izlab kuymanar bog‘ etagida,
Parillar, charx urar ayvon tagida.
4.
Doshqozon qoshida kayvoni momo
Kapkir-la qozonni kavlab qoladi.
Ertaga pishajak sumalak ammo
Hozirdan dillarga qutqu soladi.
Kimdir o‘t yoqadi, kim qo‘shiq kuylar,
Voh, qishloq qizlari chaman-chaman-o!
Momo tuni bilan cho‘pchaklar so‘ylar,
Har bitta so‘zida olamcha ma’no!
Voh, qishloq qizlari chaman-chaman-o!
5.
Navro‘z sururidan yayraydi ko‘ngil,
Binafsha tutganlar yurarlar mag‘rur.
Bahoriy farahning bo‘lmagay so‘ngi!
Ruhlar ozod erur, mamlakatim hur!
To‘lan do‘stim bilan, Humoyun bilan
Soyning tepasiga chiqib ketamiz.
Bizniki shu Zamin, shu ozod Vatan!
Dunyoning tagiga yetamiz!
Dunyoning tagiga yetamiz!..
✍Muhammad Ali
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Bahor
1.
Bahorni sevaman! Oh, yalang davron!
Shoirlar xilma-xil tashbeh topamiz.
Qishning qo‘rg‘onidan chiqib sog‘-omon,
Ko‘klam og‘ushiga qarab chopamiz.
Bahor – tabiatning ibtidosidir,
Tabarruk yil umrin boshlab beradi.
Bahor – shoirlarning iddaosidir,
Ilhom ko‘zlarini yoshlab beradi.
Tabarruk yil umrin boshlab beradi.
2.
Yaltillar samoda uch kunlik qamar.
Yana dalalarga tushadi izlar.
Boshlariga bog‘lab tolkuchuk chambar,
Suluvlik san’atin o‘rganar qizlar.
Bilmayman, nedir u – qizlarmi go‘zal,
Va yo kurtak otgan nafis surx novda?
Tog‘lar jonlanibdi, hamal-da hamal,
Zamin uyg‘onibdi, soylar bezovta
Va yo kurtak otgan nafis surx novda?...
3.
Shabada esadi tog‘lar tarafdan,
Ey mudroq Ona yer, ko‘zlaringni och!
Ajralib chiqaru ana, qurch safdan
Chekkadagi tomga qo‘nar qaldirg‘och.
Qadrdon hovliga bo‘lib parvona
Parillar, charx urar ayvon tagida.
Inin tuzatmoqqa erinmay yana
Xas izlab kuymanar bog‘ etagida,
Parillar, charx urar ayvon tagida.
4.
Doshqozon qoshida kayvoni momo
Kapkir-la qozonni kavlab qoladi.
Ertaga pishajak sumalak ammo
Hozirdan dillarga qutqu soladi.
Kimdir o‘t yoqadi, kim qo‘shiq kuylar,
Voh, qishloq qizlari chaman-chaman-o!
Momo tuni bilan cho‘pchaklar so‘ylar,
Har bitta so‘zida olamcha ma’no!
Voh, qishloq qizlari chaman-chaman-o!
5.
Navro‘z sururidan yayraydi ko‘ngil,
Binafsha tutganlar yurarlar mag‘rur.
Bahoriy farahning bo‘lmagay so‘ngi!
Ruhlar ozod erur, mamlakatim hur!
To‘lan do‘stim bilan, Humoyun bilan
Soyning tepasiga chiqib ketamiz.
Bizniki shu Zamin, shu ozod Vatan!
Dunyoning tagiga yetamiz!
Dunyoning tagiga yetamiz!..
✍Muhammad Ali
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_110_yosh
Bahor kechadi
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova she'riga nazira
"Kecha jim-jit, koʻp goʻzal kecha,
Qaraysan-u suqing kiradi.
Yonadi gul, jilmayar gʻuncha
Yellar gʻir-gʻir esib turadi"
Tun yengilar horib nihoyat,
Tong yoʻqlaydi quyoshni erta.
Mayin yuzin chayib oʻtirar,
Suv labida yalpizoy - erka.
Qaldirgʻochni chorlar eski uy,
Yangi hayot boshlanar bunda.
Chiroyini maqtanar yonib,
Osmonchiroq oymomo - tunda.
Bolariga boshlanar hayot,
Oʻrik guli - sharbat qozoni.
Dasturxonni bezatar to kuz
Xalq oldida shuhrat qozonib.
Har negaki koʻzim tushsa bor,
Yangi hayot nomli nashida.
Tolpopuklar sollanar shodon,
Oʻsma quvnar qizlar qoshida.
Bu ne sirki, koʻpchib turar yer,
Yuzim silar yelning qoʻlchasi.
Salom senga, muzaffar hayot,
Xush kelding, ilk bahor kechasi!
✍Mubina Sharipova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʻquvchisi

Forwarded from Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_vafo_timsoli
Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Zulfiya-vafo timsoli” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi natijalari:
3-yo‘nalish: Videorolik (Zufiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish)
🥇1-o‘rin - Marjona Yakubova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi
🥈2-o‘rin - Ayjamal Sharapatdinova, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 9- sinf o‘quvchisi
🥉3-o‘rin - Mubinaxon Abdumutalova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8- sinf oʻquvchisi
Web sayt I Telegram I YouTube I Instagram I

1-yo‘nalish: Nazm (Zufiya she’rlariga nazira bog‘lash)
🥇1-o‘rin - Farzona Bahodirova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi
🥈2-o‘rin - Mubina Sharipova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi
🥉3-o‘rin - Mohlaroy Toʻlqinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi

Shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Zulfiya-vafo timsoli” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining videorolik yo‘nalishi uchun
Marjona Yakubova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8- sinf o'quvchisi.