Telegram Group Search
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#167_ballga_ega

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Halimaxon Abdullajonova o'zi tanlagan OTM yo'nalishi bo'yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining sertifikatlariga ega bo'lib, ushbu sertifikatlari bo'yicha 167 ballni muddatidan avval qo'lga kiritdi.

Jumladan:

🔹Ona tili va adabiyoti fanidan A+ daraja,
🔹Ingliz tili fanidan B2 daraja,

💥Halimaxon Abdullajonova OTMning kirish imtihoniga qadar hamma fandan maksimal ballni muddatidan avval qo'lga kiritishiga umid bildiramiz.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati.

👇Bizni kuzatishda davom etin!
👉@ima_myim
#psixologik_trening

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida maktab psixologi Muattar Akramova tomonidan "Shukronalik - omad kaliti" mavzusida psixologik treninglar tashkil etildi.

🔷Samimiy va jonli tarzda olib borilgan suhbat davomida shukronalik fazilati insonni kamolotga yetkazilishi, shukronalik eng avvalo insonni nafsdan tiyishga, qanoat va sabr qilishga undashi haqida so‘z yuritildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Audio
#14_fevral
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

Xazon yafrog‘i yanglig...

Zahiriddin Muhammad Bobur

🎙Durdona Abdukarimhodjayeva
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari


Xazon yafrog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,
Ko‘rub rahm aylagil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.

Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog‘ingg‘a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim.

Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol,
Men archi dahr bog‘idin xazon yafrog‘idek bordim.

Xazondek qon yoshim, sorig‘ yuzumdin el tanaffurda,
Ba har range, bihamdillah, ulusdin o‘zni qutqordim.

Ne tole’dur mangakim, axtari baxtim topilmaydi,
Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim.

Ulusning ta’nu ta’rifi manga, Bobur, barobardur,
Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.

👉@ima_myim
#Navoiy
#Bobur

Adabiyotimizning buyuk siymolari merosini keng targ‘ib qilish va ularga bo‘lgan hurmatimizni yanada mustahkamlash maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi Ijod maktabida tahsil olayotgan o’quvchilar ishtirokida buyuk shoir va mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ijodiy tanlov e'lon qiladi.

Tanlov yo‘nalishlari:

📖 Navoiy va Bobur g‘azallari ijrosi (video va audio)
🎨 Navoiy hamda Bobur hayoti va ijodi bilan bog‘liq tasviriy san'at
🎭 Navoiy yoki Bobur obrazida badiiy chiqish

📆 Tanlov muddati: 10 fevral 2025 yil

Tanlov g‘oliblari 14-fevral kuni ijod maktabida o‘tkaziladigan tadbirda direktor tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#166_ballga_ega

🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Laylo Ravshanbekova o'zi tanlagan OTM yo'nalishi bo'yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining sertifikatlariga ega bo'lib, ushbu sertifikatlari bo'yicha 166 ballni muddatidan avval qo'lga kiritdi.

Jumladan:

🔹Ingliz tili fanidan B2 daraja,
🔹Ona tili va adabiyoti fanidan B+ daraja,
🔹"Ijod bog‘idan guldasta", "Yoshlik bayozi", "Oydin orzular" kabi to‘plamlarga ijod namunlari kiritilgan.

💥Laylo Ravshanbekova OTMning kirish imtihoniga qadar hamma fandan maksimal ballni muddatidan avval qo'lga kiritishiga umid bildiramiz.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi axborot xizmati

👇Bizni kuzatishda davom etin!
👉@ima_myim
#qaror_ijrosi

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY 150 YOSHDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi 462-sonli qaror ijrosi yuzasidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔷Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi, Andijon davlat universiteti dotsenti, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Halim Karim, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirok etib, Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarining yosh avlodimiz intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, shu asosda ularni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalash borasidagi o‘rni va ahamiyatini inobatga olib hamda uning bebaho merosini yanada kengroq o‘rganish va targ‘ib etish haqida so‘z yuritdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
2025/01/31 19:18:45
Back to Top
HTML Embed Code: