Telegram Group Search
#Qiziqarli_kutubxonada     

🏛 A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida SamDAQU iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-bosqich talabalari bilan "Qiziqarli kutubxonada" nomli ekskursiya tashkil etildi.

💁‍♂️Mutaxassislar kutubxonadagi sharoitlar, kitoblar va elektron ma'lumot bazalari haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etdilar. Ekskursiya davomida o'quvchilar o'z savollariga javoblar olib, kutubxona faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdilar.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Tuman, (shahar) yig'ma elektron katalog xodimlari uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 14-noyabr kuni A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida barcha tuman (shahar) axborot-kutubxona markazi Yig’ma elektron katalog bo'yicha mas'ul xodimlar uchun navbatdagi seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Yig'ma elektron sektori mudiri Rahimova Gulbahor Miylikulovna “Yig'ma elektron catalog.unicat.uz. tizimida nusxa qo’shish bo'yicha qisqacha ma'lumot” mavzusida ma’ruza qildi hamda xodimlar bilan birgalikda dasturda ishlab, xato va kamchiliklar ko’rib chiqildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i haqida

"O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an'analarini o'zida mujassamlashtiradi.

👉Batafsil 👈

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
🇺🇿“Mangu hilpirab tur bayrog‘im” nomli ko‘rgazma tashkil etildi

❇️📚Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatimiz bayrog‘i va uning ramzi kechagi, bugungi va kelajak O‘zbekistonning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

📌📚18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat AKM 1-qavat foyesida “Mangu hilpirab tur bayrog‘im” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Foydalanuvchilar ushbu ko‘rgazmada davlatimiz ramzi bo‘lmish bayrog‘imiz qabul qilinganligi haqidagi qonunlar, shuningdek matbuot nashrlaridan maqolalar bilan tanishishlari mumkin.


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
#Ko'chma_kutubxona

📚Aholiga axborot - kutubxona xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha "Moviy jamadon tashrifi" loyihasi asosida axborot-kutubxona markazi tomonidan “Urgut muruvat ayollar internatida” ko'chma kutubxona tashkil etildi hamda ma'naviy - ma'rifiy tadbirlar o'tkazish bo'yicha shartnoma tuzildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Kutubxonamizga keling, o'qib, o'rganing!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
2024/11/17 09:28:08
Back to Top
HTML Embed Code: