Telegram Group & Telegram Channel
Tizimga oid umumiy natijadorlikni oshirishda to’g’ri yondashuvning o‘rni va ahamiyati yuqoridir

💬Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini oshirishga qaratilgan muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda vazir o‘rinbosarlari, markaziy apparat vakillari, departament va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda sohada olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish va natijadorlikni oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Yig‘ilishda har bir viloyat va tuman kesimidagi asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol balansini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu hisobotda ekin yerlari, ulardan foydalanish, fermerlar soni, ekin turlari va ularni parvarish qilish rejasi, shuningdek, hududlarga biriktirilgan mas’ul mutaxassislar haqidagi ma’lumotlar aks etishi lozimligi qayd etildi. Vazir mazkur hisobot sohada monitoring tizimini rivojlantirish, jarayonlarni tizimli boshqarish va natijadorlikni oshirish uchun samarali vosita bo‘lishini alohida ta’kidladi.

📌Yig‘ilish davomida oziq-ovqat mahsulotlari hisobotining mazmunini shakllantirishda maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash, 6 oylik ish rejasini ishlab chiqish zarurati muhokama qilindi. Ushbu yondashuv orqali qishloq xo‘jaligi sohasida xatolarni kamaytirish, ish samaradorligini oshirish va natijadorlikka qaratilgan usullarni joriy etish imkoniyati yuzaga kelishi mumkinligi aytib o‘tildi va bu borada tizimli ish tashkil qilish borasida vazifalar berildi.

Vazir yig‘ilishda har bir mas’ul xodimlarning ishga bo‘lgan munosabatini yaxshilash, tizimda ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga qaratilgan topshiriqlarni berdi. Shuningdek, vazir qishloq xo‘jaligidagi natijadorlikni ta’minlash uchun ushbu hisobotlarni shakllantirish jarayoni nafaqat statistik ma’lumotlarni to‘plash, balki ularni tahlil qilib, sohadagi muammolarni aniqlash va hal qilish uchun ham muhim vosita ekanini qayd etdi.

✍️Yig‘ilish so‘ngida esa, kelgusi 2025-yilda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan qator loyihalar rejasi tahlil qilinib, yo‘nalishlar kesimida belgilangan vazifalar va unga biriktirilgan mas’ullarning zimmasidagi yuklamalarga nisbatan munosabatini ijobiylashtirish, tizimda ishchanlik kayfiyatini yaratish, urug‘chilikda, ekin yetishtirishda, hosilni ko‘paytirishda vijdonan yondashgan holda ijobiy ko‘rsatgichlarni qayd etish borasida vazifa va ko‘rsatmalar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/uzagroministry/33181
Create:
Last Update:

BY QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

Share with your friend now:
group-telegram.com/uzagroministry/33181

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Asked about its stance on disinformation, Telegram spokesperson Remi Vaughn told AFP: "As noted by our CEO, the sheer volume of information being shared on channels makes it extremely difficult to verify, so it's important that users double-check what they read." For example, WhatsApp restricted the number of times a user could forward something, and developed automated systems that detect and flag objectionable content. Individual messages can be fully encrypted. But the user has to turn on that function. It's not automatic, as it is on Signal and WhatsApp. Now safely in France with his spouse and three of his children, Kliuchnikov scrolls through Telegram to learn about the devastation happening in his home country. Following this, Sebi, in an order passed in January 2022, established that the administrators of a Telegram channel having a large subscriber base enticed the subscribers to act upon recommendations that were circulated by those administrators on the channel, leading to significant price and volume impact in various scrips.
from hk

Telegram QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
FROM American