Telegram Group Search
#Donorlik_aksiyasi

🔴 Bugun “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni”
munosabati bilan Respublika qon quyish markazida donorlik aksiyasi tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Ma'lumot o‘rnida: ushbu aksiya gemotologik kasalliklar bilan og‘rigan bolajonlarga beg‘araz yordam berish maqsadida tashkil etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

A.Avloniy nomidagi milliy institutda “Pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha trening” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.

Seminar - treningga Respublikamizdan jami 93 nafar mas’ullar jalb etilgan.

Seminarda o‘quvchilarning tadqiqotlarda munosib ishtirokini ta’minlash hamda pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Bugun Mirobod tumanidagi 158-sonli umumta'lim maktabida yangi baholash tizimi va uning muhim jihatlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o’tkazildi.

❇️Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Ravshan Ergashev, tumandagi maktab direktorlari, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbirda masʼullar tomonidan o‘quvchilarning bilimini baholash bo‘yicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida to‘liq maʼlumot berildi. Jumladan, vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov so‘zga chiqib, ota-onalarni o'ylantirayotgan masalalar va uning yechimi haqida alohida to‘xtalib o'tdi.

🔰Muloqot davomida qatnashchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
https://www.group-telegram.com/ToshkentshaharMMTB
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Hindistonning "Priyadarshani Group of Schools" direktori Doktor Rajendra Singh boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida "Priyadarshani Group of Schools" tomonidan taklif etilayotgan O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda xususiy maktablar tashkil etish bo‘yicha loyiha istiqbollari muhokama qilindi.

Xorijiy delegatsiya vakillari o‘z taqdimotlarini namoyish etib, mazkur loyiha bo‘yicha takliflarini bildirishdi.

Uchrashuvda ta'lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va ilg‘or texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi rejalar bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/04 00:00:57
Back to Top
HTML Embed Code: