Telegram Group Search
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизнинг Чилонзор туманидаги саноат ҳудудида амалга оширилаётган лойиҳалар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с реализуемыми проектами в промышленной зоне Чиланзарского района столицы.

#Mirziyoyev #tanishuv #Chilonzor #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Sirdaryo_viloyati

DIQQAT TENDER

Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 11-avgust kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali 2025-yil 10-avgust soat 17-00 ga qadar qabul qilinadi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (222).

Batafsil: e-tender.uztrans.uz
Toshkent davlat transport universitetida “Linnan oliy professional ustaxonasi” tashkil etiladi

Guanchjou shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida Toshkent davlat transport universitetida “Linnan oliy professional ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi.

Imzolash marosimida konsul Rahmon Ernazarov va birinchi kotib Baxtiyor Mirzayev ishtirok etdi. Tashabbus “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida Guangdong hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.

Yangi markaz avtotransport muhandisligi, texnik xizmat va vodorod texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. Toyota, BYD, Chery kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda texnik laboratoriya tashkil etiladi.


U nafaqat universitet talabalari, balki texnikum o‘quvchilari uchun ham kasbiy amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini yaratadi. Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan. Bu esa O‘zbekistonning oliy texnik ta’lim tizimida xalqaro ko‘lamdagi yirik transformatsiyaning boshlanishi sifatida e’tirof etilishi mumkin.



В Ташкентском государственном транспортном университете будет создана "Высшая профессиональная мастерская Линнана"

В Генеральном консульстве Узбекистана в Гуанчжоу было подписано официальное соглашение о создании "Высшей профессиональной мастерской Линнань" в Ташкентском государственном транспортном университете.

В церемонии подписания приняли участие консул Рахмон Эрназаров и первый секретарь Бахтиёр Мирзаев. Инициатива получила полную поддержку правительства Гуандуна в рамках стратегии "Один пояс - один путь."

Новый центр будет специализироваться на автомобильной инженерии, техническом обслуживании и водородных технологиях. Будет создана техническая лаборатория в сотрудничестве с такими ведущими компаниями, как Toyota, BYD и Chery.


Он предоставит возможности для профессиональной практики и стажировки не только студентам университета, но и учащимся техникумов. На первый этап проекта выделено 800 тысяч долларов США. Это можно рассматривать как начало крупной международной трансформации в системе высшего технического образования Узбекистана.
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2025 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarori ijrosini taʼminlash, xususan, “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yo‘nalishida yuk tashishlar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Transport muammolarini o‘rganish markazi tashabbusi bilan Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma harakatlar rejasi loyihasini muhokama qildilar.

Mazkur loyiha yo‘nalish bo‘ylab yuk tashishlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Harakatlar rejasi loyihasini yakuniy tahrirga keltirib, imzolash uchun davlat ichki protseduralarini boshlashga kelishib oldilar.


Обсуждены вопросы развития транспортно-логистического сотрудничества между Узбекистаном, Афганистаном и Пакистаном

В целях обеспечения исполнения постановления Президента Республики Узбекистан от 27.01.2025 г. No ПП-28 “О мерах по дальнейшему развитию транспортно-логистической системы Республики Узбекистан”,
в частности, создания благоприятных условий для увеличения объемов грузоперевозок по маршруту “Узбекистан – Афганистан – Пакистан”, по инициативе Центра изучения проблем транспорта была проведена онлайн-встреча с участием транспортных ведомств Афганистана и Пакистана.

В ходе встречи стороны обсудили проект Совместного плана действий, направленного на развитие маршрута “Узбекистан – Афганистан – Пакистан”.

Данный проект включает в себя практические меры, направленные на создание благоприятных условий для грузоперевозок
по маршруту и устранение существующих препятствий.

По итогам встречи стороны договорились привести проект Совместного плана действий в окончательную редакцию и начать внутригосударственные процедуры для подписания.
12-iyul - Xalqaro bortkuzatuvchilari kuni

Bugun biz har kuni osmonda bizga hamrohlik qiladigan, yo‘lovchilarni tabassum bilan kutib oladigan, bu tabassum ortida yuksak kasbiy mahorat, mas’uliyat va har qanday favqulodda vaziyatga tayyorlikni yashiradiganlarni qutlaymiz.

Zamonaviy sayohatni har bir parvozni nafaqat qulay, balki xavfsiz qiladigan bortkuzatuvchilarsiz tasavvur qilish qiyin.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 2 000 dan ortiq bort kuzatuvchilari faoliyat yuritmoqda va ularning qariyb 75 foizi ayollardir. Bu raqamlar aviatsiya sohasining barqaror rivojlanishini, havo kemalari parkining kengayishini, yangi aviakompaniyalarning paydo bo‘lishini va ekipajlar sonining ko‘payishini yaqqol aks ettiradi.


Transport vazirligi barcha bort kuzatuvchilarini kasb bayrami bilan chin qalbdan qutlaydi! Sizlarga mustahkam sog‘lik, barqaror o‘sish, har bir parvozda ishonch tilaymiz va osmon doimo tinch va musaffo bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bort kuzatuvchilari!

12 июля — Международный день бортпроводников

Сегодня мы поздравляем тех, кто ежедневно сопровождает нас в небе, кто с улыбкой встречает пассажиров, скрывая за этой улыбкой высокий профессионализм, ответственность и готовность к любым нештатным ситуациям.

Трудно представить современное путешествие без бортпроводников — тех, кто делает каждый полёт не только комфортным, но и безопасным.

На сегодняшний день в Узбекистане трудятся более 2 000 бортпроводников, и около 75% из них — женщины. Эти цифры наглядно отражают устойчивое развитие авиационной отрасли, расширение парка воздушных судов, появление новых авиакомпаний и рост числа экипажей.


Министерство транспорта от всей души поздравляет всех бортпроводников с профессиональным праздником! Желаем вам крепкого здоровья, стабильного роста, уверенности в каждом полёте и пусть небо всегда будет мирным и чистым!

С праздником, дорогие бортпроводники!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmaliq shahriga 26 ta zamonaviy Yutong avtobuslari olib kelindi

Olmaliq shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasiga asosan,
"OLMALIQ TRANS SERVICE" MCHJ tomonidan olib kelingan mazkur avtobuslar 2 ta yo‘nalishda brutto-shartnoma asosida aholiga transport xizmatini ko‘rsatadi.


В город Алмалык доставлены 26 современных автобусов Yutong

Согласно генеральному плану развития транспортной и дорожно-транспортной инфраструктуры города Алмалык, автобусы, привезенные ООО "OLMALIQ TRANS SERVICE," будут осуществлять пассажирские перевозки по 2 направлениям на основе брутто-контракта.
2025/07/13 23:03:25
Back to Top
HTML Embed Code: