group-telegram.com/Zakkiru/2203
Last Update:
Ertalab uydan chiqib qarasam, mashina ostida mana bu mushukcha o’lib yotibdi. Yonida onasi bo’lsa kerak kattaroq mushuk uni tinmay yalab, turg’izmoqchi bo’lyapti.
Shuning o’zida qancha dard bor.
2 hafta ichida G’azzada 4000 ga yaqin yosh bolalar o’ldirildi… U yerdagi dard-alam va qayg’u buyukligidan aqlga sig’maydi.
حسبنا الله ونعم الوكيل !
Boykot qiling, azizlar. Boykotni Falastin ahli uchun emas, avvalo, o’zingiz uchun, vijdoningiz yo’q bo’lib, qalbingiz toshga aylanib ketmasligi uchun qiling.
Qolaversa, Falastin dardini bayon qiluvchi har qanday xabar ortiga komment yozish, unga munosabat bildirish bilan uning ko’proq tarqalishi orqali axborot urushiga o’z hissangizni qo’shing.
Agar bu ishlarni Alloh uchun qilsangiz, inshaalloh, albatta ajr-savob olasiz.
Alloh taolo bizlarga nusrat bersin! Zolimlarga kifoya qilsin!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
BY Zakkiru📢

Share with your friend now:
group-telegram.com/Zakkiru/2203