Telegram Group & Telegram Channel
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yomg‘ir haqida qiziq bir maqola o‘qib qoldim.

Yomg‘irda, yomg‘irli kunlarda odamlar o‘zlarini boshqacharoq his etishadi. O‘zgacha maroq bilan uxlashadi. Qandaydir baxtliroq, qandaydir xotirjam his etishadi o‘zlarini. Masalan, menda shunaqa. Sizda ham shundaymi?

Bu xotirjamlikning sabablaridan birini olimlar inson genetikasiga muhrlanib qolgan qo‘rquv hissi bilan bog‘lashibdi.

Yomg‘ir yog‘ib turgan paytda odamlarga hujum qilishi mumkin bo‘lgan, odamlarni yeydigan yirtqich hayvonlar ovga chiqishmas ekan. Shu sababli juda qadim zamonlarda himoyasiz bo‘lgan insonlar genetik kodlarida yomg‘ir paytida uxlash xavfsiz degan tushuncha muhrlanib qolganmish. Ana shu sabab insonlar beixtiyor yomg‘irli kunlarda o‘zlarini boshqacharoq his etadi, xotirjam bo‘ladi deya fikr bildirishibdi olimlar.

Bu fikrlar qanchalik asosli yoki asossiz bilmadim. Hozircha bu ilmiy bir qarash. Ammo men bu qarashga ishondim. Menga juda asoslidek tuyildi. Yomg‘irli kunda yirtqichlar ov qilmasligiga ishonchim komil bo‘lgani bois Oynur bilan ozroq o‘ynadik 😃 Yomg‘irli havoda maza qilib kezindik.

Bugun boshqa qaytmaydi. Uni maroq bilan o‘tkazing. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarni. Chunki ko‘chada sizga xavf soladigan yirtqichlar bo‘lmasligiga olimlar kafolat berishmoqda 😁

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/qora_yigit/1013
Create:
Last Update:

BY Birburchak

Share with your friend now:
group-telegram.com/qora_yigit/1013

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The original Telegram channel has expanded into a web of accounts for different locations, including specific pages made for individual Russian cities. There's also an English-language website, which states it is owned by the people who run the Telegram channels. Ukrainian President Volodymyr Zelensky said in a video message on Tuesday that Ukrainian forces "destroy the invaders wherever we can." Artem Kliuchnikov and his family fled Ukraine just days before the Russian invasion. "He has kind of an old-school cyber-libertarian world view where technology is there to set you free," Maréchal said. Elsewhere, version 8.6 of Telegram integrates the in-app camera option into the gallery, while a new navigation bar gives quick access to photos, files, location sharing, and more.
from id

Telegram Birburchak
FROM American