Telegram Group Search
📣📣📣📣📣

⚡️O‘qituvchilar o‘rtasidagi Respublika olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 KUN qoldi

📣Xabaringiz bor, Respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan kimyo va fizika fani o‘qituvchilari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlanishiga 2 KUN qoldi.

📆Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: 1-FEVRAL.

📌Ushbu imkoniyat orqali o‘qituvchilar o‘z bilimlarini namoyish etib, Respublika olimpiasi ishtirokchisiga aylanadilar.

Batafsil: https://www.group-telegram.com/Fan_olimpiadalari_M.com/5390 👈

SHOSHILING!

Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

TERMA JAMOAGA NOMZODLAR SARALASHINING KIMYO FANIDAN II BOSQICH 1-TURI O‘TKAZILDI


⚡️ Bugun Fan olimpiadalari markazi tomonidan kimyo fani bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi 1-turi bo‘lib o‘tdi.

Saralash davomida ishtirokchilar:
Murakkab masalalarni yechish orqali analitik fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi,
Reaksiya tenglamalarini tahlil qilish va kimyoviy jarayonlarni tushunish qobiliyatlarini namoyish etishdi;

Qizg‘in kechgan bu bellashuv natijalari e'lon qilinmoqda.

🔰Natijalar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

⚡️Keyingi bosqich: II bosqichning 2-turi 1-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

🌐 Kimyo bo‘yicha eng kuchli nomzodlar terma jamoa a'zosiga aylanadi!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan O‘qituvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Respublika olimpiadasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan o‘qituvchilarning hududlar kesimdagi STATISTIKASI.

💠Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanmoqda.

SHOSHILING!

❗️Statistika 31-yanvar soat 11:00 holatiga koʻra taqdim etilmoqda.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O‘quvchilar "Yangi O‘zbekiston" universiteti bilan tanishdi


⚡️Bugun Fan olimpiadalari markazi tomonidan Terma jamoaga nomzodlarni saralashning II bosqichi ishtirokchilari "Yangi O‘zbekiston" universitetida bo‘lishdi.

O‘quvchilar zamonaviy ta’lim muhitida sayohat qilib, universitetdagi o‘quv dasturlar, ilmiy laboratoriyalar va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

💠So‘ng professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qilib, xalqaro dasturlar, talaba almashinuvi va ilmiy izlanishlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

📚 Shu kabi tashriflar bilimga chanqoq yoshlarni ilhomlantirib, ularning katta orzular sari tashlaydigan qadamlarini mustahkamlaydi!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣O‘qishga arizalar qabuli boshlandi!

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 9 ta bakalavriat bosqichi yo‘nalishlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘qishga arizalar qabuli boshlandi.

⚡️ Ushbu ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olib, kuchli bilimga ega professor-o‘qituvchilardan sifatli ta'lim va davlat universiteti diplomiga ega bo‘lasiz.

💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz

👉 Ariza topshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma: https://youtu.be/92KBaolnCWU

Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @newuucontact_bot

🔁 English

#qabul2025 #admission2025

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

⚡️ASOSIY FANLAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA


📣Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari hamda akademik litseylar va kasb-hunar maktablarining 2-bosqich o'quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Asosiy fanlar bo'yicha olimpiadaning Respublika bosqichi tashkil etilmoqda!

❗️Olimpiada quyidagi fanlarda bo‘lib o'tadi:

1-guruh: Matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari;

2-guruh: Ona tili va adabiyot, o'zbek tili, qoraqalpoq tili, rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz), tojik tili, qozoq tili, tarix, davlat va huquq asoslari hamda geografiya fanlari.

Maxsus maktab-internatlari o'quvchilari uchun:
Ona tili va adabiyot;
Rus tili va adabiyoti;
Tarix;
Matematika fanlaridan o‘tkaziladi.

⭕️⭕️⭕️
💠Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🔰Baholash mezoni quyidagicha belgilanadi:
Yozma ishlar uchun,
Test sinovlari uchun.

🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Zero, bilim va intellektual salohiyat yangi cho'qqilarni zabt etishga yo'l ochadi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi BOSHLANDI


⚡️Fan olimpiadalari markazi tomonidan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

🔴O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar saralashning kimyo, fizika va matematika fanlari boʻyicha
II bosqich 2-turi BOSHLANDI.

Jarayonlarni Fan olimpiadalari markazining rasmiy 📱 Instagram va 📺YouTUBE sahifalari orqali jonli kuzatishgiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yodingizda bo‘lsa kerak, davlatimiz rahbari 1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlarini rag‘batlantirish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, xalqaro darajadagi olimpiadalarga tayyorlash markazi tashkil etish vazifasini oldimizga qo‘ygan edi.

Topshiriqdan keyin shu vaqtgacha ancha tashkiliy ishlar qilindi. Bugun Fan olimpiadalari markazida bo‘lib xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonlari va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdim.

Markaz jamoasining kelgusidagi rejalari haqida ma’lumot oldik, o‘quvchilarimizning tayyorgarlik jarayonlarini kuchaytirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash masalalarini muhokama qildik.

Joriy o‘quv yilida xalqaro fan olimpiadalari va musobaqalarda yutuqlarimiz ko‘p bo‘ldi, yoshlarimiz erishgan natijalar barchamizni faxrlantirdi. Endigi vazifa yutuqlar soni va salmog‘ini yanada oshirish, o‘quvchilarimiz bilan tizimli ishlash, muammolarni vaqtida hal etib, sharoitlarni yaxshilashdir.

Biz o‘quvchilarimiz uchun munosib sharoit yaratsak kelgusi yillarda natijalar, yutuqlar yanada ko‘payishiga ishonaman. Kashf etilmagan iqtidor, oltin boshlarimiz hali juda ko‘p.

@hilola_umarova
📣📣📣📣📣

TERMA JAMOAGA NOMZODLAR SARALASHNING II BOSQICH 2-TURI O‘TKAZILDI


⚡️ Bugun Fan olimpiadalari markazi tomonidan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni aniqlash bo‘yicha saralashning II bosqichi 2-turi (yakuniy turi) bo‘lib o‘tdi.

📌Fizika, matematika va kimyo fanlarida bilimini sinovdan o‘tkazgan iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro bellashishdi.

💡 Baholash mezonlari:

✔️ Murakkab muammolarni hal qilish qobiliyati,
✔️ Innovatsion va kreativ fikrlash,
✔️ Mantiqiy yondashuv va strategik tafakkur.

🏆Eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar terma jamoa saralashning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Natijalar bilan tanishing:
FIZIKA,
MATEMATIKA,
KIMYO.

📌Tez orada terma jamoaga nomzodlarni saralashning II bosqichi ishtirokchilarini yakuniy to‘plagan natijalari e'lon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada_rivoji_yoʻlida

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

⚡️Qarorga asosan, Fan olimpiadalari markazi tashkil etildi.

Markazning maqsad va vazifalari haqida batafsil ushbu videolavhada ko‘rishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/02 00:37:39
Back to Top
HTML Embed Code: