group-telegram.com/Ilmfanjurnali/373
Last Update:
⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 1-sonida Andijon mashinasozlik instituti dotsenti, t.f.f.d. (PhD) Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich tomonidan yozilgan “Elektr taʼminoti tizimi tok oʻzgartkichlari imkoniyatlarini kengaytirish” nomli maqola chop etilmoqda.
✅Ushbu maqolada elektr taʼminoti tizimidagi tok oʻzgartkichlari xususiyatlari, birlamchi toklarni ikkilamchi chiqish kattaliklariga oʻzgartirish usullari tadqiq qilingan. Shu bilan birga, tok oʻzgartkichlari asosida asinxron motorlarda faza yoʻqolishlari axborotini olish sxemalari tadqiq etilgan. Birlamchi toklar signalini olishda optik tolali tok datchiklari, Xoll effektiga asoslangan magnitogalvanik tok oʻzgartkichlari, elektromexanik oʻzgartkichlar, tok transformatorlari va oʻlchov chulgʻamli tok oʻzgartkichlari oʻrganildi. Tahlil va solishtirishlar natijasida elektr taʼminoti tizimlarining elektr qurilmalarini nazorat qilish va himoyalashda elektr avtomatika elementlari va qurilmalari aniqligi juda yuqori boʻlishining talabi boʻyicha yangi turdagi tok oʻzgartkichi ishlab chiqildi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/373