group-telegram.com/geopolitikauz/227
Last Update:
Xorijda “qora operatsiyalar”ni bajaruvchi ChVK Vagnerni tashkil qilish maslahati ham aynan xavfsizlik va razvedka xizmatlaridan, degan qarash mavjud. Uni tashkil etishga esa Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat sabab boʻlgan, deb koʻriladi. Qrim anneksiyasi paytidagi “yashil odamchalar” esingizda boʻlsa kerak?
Ukraina urushining ilk davridagi muvaffaqqiyatsizliklar ortidan Putinning armiyaga boʻlgan ishonchi yanada soʻnishi tufayli shu vaqtgacha Suriya, Afrika kabi hududlarda oligarxlarning biznes manfaatlari yoʻlida jang qilib kelayotgan Vagner soyadan yorugʻlikka chiqdi, deydi tahlilchilar. Bugun esa Putinning shaxsiy qoʻllovida boʻlgan Prigojin totalitarizm avj olayotgan, fuqarolar “urush” soʻzini tilga olgani uchun keskin jazolanayotgan Rossiyada bemalol armiyani tanqid qilmoqda, harbiy elita vakillariga qarshi keskin gapirmoqda. Hatto, 29-may kuni u mudofaa vaziri Sergey Shoygu davlat toʻntarishi uyushtirishi mumkinligidan ham ogohlantirib chiqdi.
Ayni vaqtda, bir savolga aniq javob berish mumkin: armiyaga ishonchsizligi tufayli ham Vagner hozirda Putin uchun juda muhim. Shu sababdan u Prigojinning har qanday injiqligiga koʻz yummoqda, erkaligini koʻtarmoqda. Ammo Rossiya elitasi orasidagi qizil chiziq qayerdan oʻtishini tashqi kuzatuvchi, hatto, taxmin ham qila olmaydi. Shu sabab Vagnerning kelajagi toʻgʻrisida aniq bir soʻz aytish qiyin.
BY Geopolitika.uz
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/geopolitikauz/227