#NAMANGAN
Siz yomg'irni yaxshi ko'rasiz,
Tinglaysiz tomchilar navosin.
Ammo afsus bilmaysiz, hanuz,
Yuragimning obu-havosin.
✍Shahriyor Shavkat
@venera_inoyatovna
Siz yomg'irni yaxshi ko'rasiz,
Tinglaysiz tomchilar navosin.
Ammo afsus bilmaysiz, hanuz,
Yuragimning obu-havosin.
✍Shahriyor Shavkat
@venera_inoyatovna
Forwarded from Venera Nurmamatova (Venera Nurmamatova)
#taziya
* * *
Yurak zarbin matn qildim,
She’rni izhor xatim qildim.
Sochlaringni o‘qib chiqqach,
Ko‘zlaringni xatm qildim.
Kuysa kuysin dil, g‘amim yo‘q,
Sendan o‘zga, bil, g‘anim yo‘q.
Seni qanday sevib qoldim,
Xudo haqqi, bilganim yo‘q!
Mansur Jumayev
Oxiratingiz obod bo'lsin!
* * *
Yurak zarbin matn qildim,
She’rni izhor xatim qildim.
Sochlaringni o‘qib chiqqach,
Ko‘zlaringni xatm qildim.
Kuysa kuysin dil, g‘amim yo‘q,
Sendan o‘zga, bil, g‘anim yo‘q.
Seni qanday sevib qoldim,
Xudo haqqi, bilganim yo‘q!
Mansur Jumayev
Oxiratingiz obod bo'lsin!
#DARS_UCHUN
#VAZIFA
✍A. Oripov
Ertaga adabiyot darsida shuni òqib bermoqchiman. Fonlar bilan maza bo‘ladi dars🥰😇
@munisahilol
#VAZIFA
✍A. Oripov
Ertaga adabiyot darsida shuni òqib bermoqchiman. Fonlar bilan maza bo‘ladi dars🥰😇
@munisahilol
Kim uxlamagan bo‘lsa maza qip she'r eshitadi hozir mendan. Chunki men boshladim
5 baho oldim yaxshilarim😇🙃
Nahot, endi muhabbatdan so'ng,
Begonalik boshlansa, nahot...
✍A. Oripov
Nahot, endi muhabbatdan so'ng,
Begonalik boshlansa, nahot...
✍A. Oripov
Forwarded from Islom ALI ijodi
* * *
Икки дунё ҳар бошда пойдор,
ҳар жуссада топган ифодат:
ҳар кўнгилда битта Худо бор,
ҳар қадамда битта ибодат.
Ҳар куртакда битта сано бор,
ҳар япроқда битта китобат;
ҳар гиёҳда битта дуо бор,
ҳар ёмғирда битта ижобат.
Ҳар киприкда битта имо бор,
ҳар абруда битта ишорат;
ҳар манглайда битта ҳумо бор,
ҳар юмруқда битта иморат.
Ҳар ёноқда битта ибо бор,
ҳар дудоқда битта муҳаббат;
ҳар қурсоқда битта Исо бор,
ҳар бешикда битта Муҳаммад.
Икки дунё ҳар бошда пойдор,
ҳар заррада улвий иродат:
ҳар кўнгилда битта Худо бор,
ҳар қадамда битта ибодат.
🎙Шуҳрат Дарё
✍Мансур Жумаев
https://www.group-telegram.com/IslomAli_shoir
Икки дунё ҳар бошда пойдор,
ҳар жуссада топган ифодат:
ҳар кўнгилда битта Худо бор,
ҳар қадамда битта ибодат.
Ҳар куртакда битта сано бор,
ҳар япроқда битта китобат;
ҳар гиёҳда битта дуо бор,
ҳар ёмғирда битта ижобат.
Ҳар киприкда битта имо бор,
ҳар абруда битта ишорат;
ҳар манглайда битта ҳумо бор,
ҳар юмруқда битта иморат.
Ҳар ёноқда битта ибо бор,
ҳар дудоқда битта муҳаббат;
ҳар қурсоқда битта Исо бор,
ҳар бешикда битта Муҳаммад.
Икки дунё ҳар бошда пойдор,
ҳар заррада улвий иродат:
ҳар кўнгилда битта Худо бор,
ҳар қадамда битта ибодат.
🎙Шуҳрат Дарё
✍Мансур Жумаев
https://www.group-telegram.com/IslomAli_shoir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nahot sening rashking kelmaydi,
Men kimningdir tushiga kirsam...
✍Durdona Bahodirova
🎤Munisa
@munisahilol
Men kimningdir tushiga kirsam...
✍Durdona Bahodirova
🎤Munisa
@munisahilol
Оқ учқун танимни ўтди оралаб,
Музлаган лабимга бири қўнди жим:
Тақдир шу кечда етди оралаб –
Фожеа етишди чоғи, севгилим!
Умрим тугаяпти – йўқдир дарагинг,
Сенсиз вужудимда қанча тоқат бор?
...Тонгда деразани очдинг. Қарадинг –
Ташқарида қордир, ташқарида қор....
Усмон Азим
Музлаган лабимга бири қўнди жим:
Тақдир шу кечда етди оралаб –
Фожеа етишди чоғи, севгилим!
Умрим тугаяпти – йўқдир дарагинг,
Сенсиз вужудимда қанча тоқат бор?
...Тонгда деразани очдинг. Қарадинг –
Ташқарида қордир, ташқарида қор....
Усмон Азим
Forwarded from BONUJON
YIGʻLAYOTGAN QIZ
Bu ogʻir bogʻ ichra ogʻir qadamlar
Tashlab ketayotgan ogʻirgina qiz,
Dunyo koʻzlaringdan dunyo alamlar
Tomchilar, har biri bir ulkan yulduz.
Tomchilar koʻzingdan norasidalik,
Soʻzga aylanmagan yonish tomchilar.
Beshafqat diydormi ogʻir judolik,
Yoʻqotish tomchilar, topish tomchilar.
Yoʻq, seni aldagan, birov aldagan,
U seni sevgandir, yoʻq, yoʻq, sevmagan.
Koʻksingga chiroyli oʻqlar qadagan,
Birovlar aldagan, birov aldagan.
Tomchilar koʻksingdan kelayotgan kuz,
Ogʻular tomchilar, gullar tomchilar.
Yaqin xotiralar… idrok faromush,
Vijdoningni oʻyib urar tomchilar.
Vijdonsiz nomusli niqobin qoʻymas,
Vijdonning har dami ruhiy iztirob.
Vijdonsiz xatosiz kunlardan toʻymas,
Vijdon bu xatodan ulgʻaygan azob.
Seni yupatmoqqa jurat yoʻq menda,
Sen mening kechmishim, umrim boʻlagi.
Faqat men qaygʻular tilarman senga,
Kattakon quvonchning unsiz oʻlanin!
Aldanmoq tilarman senga koʻp marta,
Aldanmoq — dunyoga nazar, anglamoq.
Aldanmoq — koʻz yoshi qilmoq, yoʻq, artmoq,
Aldanmoq — kurashga otlanmoq demak.
Yigʻlamoq tilarman, qaynab yigʻlagin,
Tishlaringni sekin qayrab yigʻlagin!
Oʻnta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Yuzta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Mingta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Paymonang toʻlguncha, toʻyguncha yigʻla!
Ular lazzatxoʻrlar, qaroqchilardir,
Umrlari uzun, sob boʻlmas, esiz!
Bu dunyo — aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo — aslida yigʻlayotgan qiz!
Men senga qoʻshilib yigʻlay olmasman,
Faqat bosh egaman qaygungga soʻzsiz.
Men senga talpinib, aslo tolmasman,
Men seni sevaman, yigʻlayotgan qiz!
Yoʻldosh Eshbek
https://www.group-telegram.com/nanash_qiz
Bu ogʻir bogʻ ichra ogʻir qadamlar
Tashlab ketayotgan ogʻirgina qiz,
Dunyo koʻzlaringdan dunyo alamlar
Tomchilar, har biri bir ulkan yulduz.
Tomchilar koʻzingdan norasidalik,
Soʻzga aylanmagan yonish tomchilar.
Beshafqat diydormi ogʻir judolik,
Yoʻqotish tomchilar, topish tomchilar.
Yoʻq, seni aldagan, birov aldagan,
U seni sevgandir, yoʻq, yoʻq, sevmagan.
Koʻksingga chiroyli oʻqlar qadagan,
Birovlar aldagan, birov aldagan.
Tomchilar koʻksingdan kelayotgan kuz,
Ogʻular tomchilar, gullar tomchilar.
Yaqin xotiralar… idrok faromush,
Vijdoningni oʻyib urar tomchilar.
Vijdonsiz nomusli niqobin qoʻymas,
Vijdonning har dami ruhiy iztirob.
Vijdonsiz xatosiz kunlardan toʻymas,
Vijdon bu xatodan ulgʻaygan azob.
Seni yupatmoqqa jurat yoʻq menda,
Sen mening kechmishim, umrim boʻlagi.
Faqat men qaygʻular tilarman senga,
Kattakon quvonchning unsiz oʻlanin!
Aldanmoq tilarman senga koʻp marta,
Aldanmoq — dunyoga nazar, anglamoq.
Aldanmoq — koʻz yoshi qilmoq, yoʻq, artmoq,
Aldanmoq — kurashga otlanmoq demak.
Yigʻlamoq tilarman, qaynab yigʻlagin,
Tishlaringni sekin qayrab yigʻlagin!
Oʻnta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Yuzta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Mingta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Paymonang toʻlguncha, toʻyguncha yigʻla!
Ular lazzatxoʻrlar, qaroqchilardir,
Umrlari uzun, sob boʻlmas, esiz!
Bu dunyo — aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo — aslida yigʻlayotgan qiz!
Men senga qoʻshilib yigʻlay olmasman,
Faqat bosh egaman qaygungga soʻzsiz.
Men senga talpinib, aslo tolmasman,
Men seni sevaman, yigʻlayotgan qiz!
Yoʻldosh Eshbek
https://www.group-telegram.com/nanash_qiz