Telegram Group & Telegram Channel
Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!

Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global o’rta maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

group-telegram.com/piimauz/21231
Create:
Last Update:

BY Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Share with your friend now:
group-telegram.com/piimauz/21231

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Crude oil prices edged higher after tumbling on Thursday, when U.S. West Texas intermediate slid back below $110 per barrel after topping as much as $130 a barrel in recent sessions. Still, gas prices at the pump rose to fresh highs. "And that set off kind of a battle royale for control of the platform that Durov eventually lost," said Nathalie Maréchal of the Washington advocacy group Ranking Digital Rights. "He has to start being more proactive and to find a real solution to this situation, not stay in standby without interfering. It's a very irresponsible position from the owner of Telegram," she said. Following this, Sebi, in an order passed in January 2022, established that the administrators of a Telegram channel having a large subscriber base enticed the subscribers to act upon recommendations that were circulated by those administrators on the channel, leading to significant price and volume impact in various scrips. Andrey, a Russian entrepreneur living in Brazil who, fearing retaliation, asked that NPR not use his last name, said Telegram has become one of the few places Russians can access independent news about the war.
from in

Telegram Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
FROM American