Telegram Group & Telegram Channel
#qonunchilikdagi_yangiliklar

YaTTlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishning yangi tartibi belgilandi

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 707-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqi berildi.

Amaldagi tartibga asosan faoliyat turlariga qarab 1 nafardan 3 nafargacha edi.

Xodim yollamoqchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda bank hisobvarag‘i ochilgandan so‘ng xodimlarni yollash huquqiga ega bo‘lishi.

📝Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzish.

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmasligi.

Xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faoliyat faqat bitta manzil bo‘yicha shoxobchada amalga oshirilishi belgilandi.

Yakka tartibdagi tadbirkor mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin 3 kundan kechiktirmay xodimni davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish uchun ariza berishi lozim.

Endilikda, yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarini elektron tartibda shaxsiy kabinet yoki mobil ilova orqali orqali davlat soliq organlarida ro‘yxatga qo‘yishlari mumkin.

Davlat soliq organi 1 ish kuni ichida xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini taqdim etdi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun eslatma❗️

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan har bir yollagan xodimi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblashi bilan birga to‘lov manbaida ushlab qolishlari hamda har oyning 15-sanasiga qadar daromad solig‘i hisobotini taqdim etishlari lozim bo‘ladi.

Shuningdek, jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya asosida daromad solig‘i to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritish imkoniyati yaratildi. Bunda, yakka tartibdagi tadbirkorlar olgan daromadlari yuzasidan soliqlarni hisoblashda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarini chegirib tashlashlari mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

group-telegram.com/soliqnews/7048
Create:
Last Update:

BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/7048

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Either way, Durov says that he withdrew his resignation but that he was ousted from his company anyway. Subsequently, control of the company was reportedly handed to oligarchs Alisher Usmanov and Igor Sechin, both allegedly close associates of Russian leader Vladimir Putin. After fleeing Russia, the brothers founded Telegram as a way to communicate outside the Kremlin's orbit. They now run it from Dubai, and Pavel Durov says it has more than 500 million monthly active users. The company maintains that it cannot act against individual or group chats, which are “private amongst their participants,” but it will respond to requests in relation to sticker sets, channels and bots which are publicly available. During the invasion of Ukraine, Pavel Durov has wrestled with this issue a lot more prominently than he has before. Channels like Donbass Insider and Bellum Acta, as reported by Foreign Policy, started pumping out pro-Russian propaganda as the invasion began. So much so that the Ukrainian National Security and Defense Council issued a statement labeling which accounts are Russian-backed. Ukrainian officials, in potential violation of the Geneva Convention, have shared imagery of dead and captured Russian soldiers on the platform. Oleksandra Matviichuk, a Kyiv-based lawyer and head of the Center for Civil Liberties, called Durov’s position "very weak," and urged concrete improvements. In addition, Telegram's architecture limits the ability to slow the spread of false information: the lack of a central public feed, and the fact that comments are easily disabled in channels, reduce the space for public pushback.
from it

Telegram Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
FROM American