KPI: ushbu tizim tashkilot muvaffaqiyatining asosiy omilidir
▶️ Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida "Tashkilotda KPI tizimini joriy etish" mavzusida amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi Baxtiyor Xodjimuratov hamda Toshkent davlat yuridik universiteti xodimi Shohrux Nurullayev tomonidan olib borildi.
⛓ Mazkur uchrashuvda ishtirokchilarga KPI tizimi tushunchasi haqida batafsil ma’lumot berilib, uning tashkilot muvaffaqiyatini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Seminar davomida tashkilotlar uchun to‘g‘ri maqsad va rejalar qo‘yish, natijadorlikni aniq baholash tizimini shakllantirish va bu orqali xodimlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
✍️ Jarayon davomida KPI tizimi joriy etilishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish usullari haqida ham so‘z bordi. Jumladan, noto‘g‘ri baholash yoki xodimlarda motivatsiya pasayishiga olib keluvchi omillarni bartaraf etishning samarali yo‘llari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🔼 Xodimlarning faoliyatini tahlil qilish va baholash, ish rejalarini takomillashtirish hamda xodimlarning individual rivojlanish rejasini ishlab chiqish usullari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, motivatsiya turlarini to‘g‘ri qo‘llash masalalari ham keng yoritildi. Ishtirokchilarga xodimlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishda obyektiv baholash mezonlari va ularning tashkilotga keltiradigan foydasi haqida tavsiyalar berildi.
↔️ Mazkur seminar nafaqat tashkilot boshqaruvchilarining, balki xodimlarning ham kasbiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan amaliy bilim va ko‘nikmalarga boy bo‘ldi. Unda muhokama qilingan masalalar tashkilotlarda innovatsion boshqaruv tizimlarini joriy etish va natijadorlikni oshirishga xizmat qilishi tayin.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Diqqat viktorina!
Bu qaysi rezavor meva?
Bu qaysi rezavor meva?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rezavor meva - qorag’at: uning xususiyatlari va parvarishlashga oid tavsiyalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tizimga oid umumiy natijadorlikni oshirishda to’g’ri yondashuvning o‘rni va ahamiyati yuqoridir
💬 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini oshirishga qaratilgan muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda vazir o‘rinbosarlari, markaziy apparat vakillari, departament va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda sohada olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish va natijadorlikni oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi.
❕ Yig‘ilishda har bir viloyat va tuman kesimidagi asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol balansini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu hisobotda ekin yerlari, ulardan foydalanish, fermerlar soni, ekin turlari va ularni parvarish qilish rejasi, shuningdek, hududlarga biriktirilgan mas’ul mutaxassislar haqidagi ma’lumotlar aks etishi lozimligi qayd etildi. Vazir mazkur hisobot sohada monitoring tizimini rivojlantirish, jarayonlarni tizimli boshqarish va natijadorlikni oshirish uchun samarali vosita bo‘lishini alohida ta’kidladi.
📌 Yig‘ilish davomida oziq-ovqat mahsulotlari hisobotining mazmunini shakllantirishda maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash, 6 oylik ish rejasini ishlab chiqish zarurati muhokama qilindi. Ushbu yondashuv orqali qishloq xo‘jaligi sohasida xatolarni kamaytirish, ish samaradorligini oshirish va natijadorlikka qaratilgan usullarni joriy etish imkoniyati yuzaga kelishi mumkinligi aytib o‘tildi va bu borada tizimli ish tashkil qilish borasida vazifalar berildi.
✅ Vazir yig‘ilishda har bir mas’ul xodimlarning ishga bo‘lgan munosabatini yaxshilash, tizimda ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga qaratilgan topshiriqlarni berdi. Shuningdek, vazir qishloq xo‘jaligidagi natijadorlikni ta’minlash uchun ushbu hisobotlarni shakllantirish jarayoni nafaqat statistik ma’lumotlarni to‘plash, balki ularni tahlil qilib, sohadagi muammolarni aniqlash va hal qilish uchun ham muhim vosita ekanini qayd etdi.
✍️ Yig‘ilish so‘ngida esa, kelgusi 2025-yilda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan qator loyihalar rejasi tahlil qilinib, yo‘nalishlar kesimida belgilangan vazifalar va unga biriktirilgan mas’ullarning zimmasidagi yuklamalarga nisbatan munosabatini ijobiylashtirish, tizimda ishchanlik kayfiyatini yaratish, urug‘chilikda, ekin yetishtirishda, hosilni ko‘paytirishda vijdonan yondashgan holda ijobiy ko‘rsatgichlarni qayd etish borasida vazifa va ko‘rsatmalar berildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM