Soha rivojiga to’sqinlik qiladigan yagona omil bu - tajribasizlikdir!✅Ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo’lib turgan q
ishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi belgilangan lokatsiyasi
Nishon tumanida joylashgan “Mirishkor ratex tekstil” MChJ ga qarashli Navro’z paxta qabul qilish maskani bo’ldi.
✨Avval xabar qilganimiz,
ishga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan yondashish, elektron texnika va platformalar bilan ishlashda kuzatilayotgan tajribasizlik kabi muammolar ushbu maskanda faoliyat yuritayotgan xodimlarda ham kuzatilayotganini ko’rishimiz mumkin.
📌Ta’kidlash lozim, paxtani vaqtinchalik saqlash maskanidagi tarozibonlarning
mazkur “Agroplatforma.uz” tizimi bilan ishlash, unga kiritiladigan paxta kilogrammlariga oid raqamlarni belgilash va sinxronlash bo’yicha xabardorligi bo’lsa-da, sustkashlik oqibatida majmuaga keltirilgan paxtalar vazni platformadan aks ettirilmasdan turib, jamlash holati kuzatilgan. Buning oqibatida saqlanayotgan
paxtalarning umumiy qiymatini hisoblashda muammolar yuzaga kelmoqda.
🦠Shu o’rinda muhim masalaga to’xtalib o’tish darkor. Mas’ullardan avvalo jamlash maskaniga keltirilayotgan paxta yuki ortirilgan
transport raqamini ro’yxatga olish, undagi paxta navlarini belgilash va umumiy og’irlikni o’lchagan holda, sof vaznni tizimga shaffof holatda kiritib, so’ng sinxronlash tugmasini bosish talab etilgan. Biroq, mazkur ma’lumotlarni quyidagi tarzda platfotmaga joylash borasida mas’uliyatsizlikka yo’q qo’yilgan.
🌐Qayd etish lozim, bu kabi tajribasizlikning salbiy natijalarini
ayni tumanda joylashgan “Sulton tekstil group” MChJ va Shodlik klasterlariga qarashli paxta qabul qilish maskanlarida ham ko’rish mumkin. Muammoning ko’rinishi ham, oqibati ham bir-biriga juda o’xshash. Bu majmualarda ham
tarozibonlarning elektron platformalar bilan ishlashda yo’l qo’yayotgan xato va kamchiliklari yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
⭐️Vazir bu holatni keskin tanqid ostiga olarkan, bunday ishlash umumiy
tizim faoliyatini muammolar ostida qoldirishi mumkinligini, xodimlardagi bunday loqaydlik va tajribasizlik esa, olib borilayotgan keng ko’lamli sa’y-harakatlarni natijasiz holga keltirib, soha rivojiga nisbatan to’sqinlik yuzaga keltirishini aytib o’tdi.
❕Shu bilan birga, vazir mutasaddilarga vaziyatni ijobiylashtirishga oid o’zining ko’rsatmalarini bildirib, mutaxassislardagi
nazariy va amaliy ko’nikmalarni qayta shakllantirish, elektron platformalar bilan ishlashda standartlarga xos yondashuvni yo’lga qo’yish, har bir ishni vijdonan, aql va bilimga tayangan holda amalga oshirish, tizimga kiritilayotgan ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlagan holda, asl raqamlarnigina aks ettirish bugungi kunning talabi ekanligini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram