Telegram Group Search
ZULFIYAXONIMGA

Bahor sizdan andoza olgan,
Gul-yuzingiz husniga xushtor.
Siz tavallud topgan lahzada,
Gulzorimga kelgandi bahor.

Tonggi nasim mayin yuzingiz,
Silaganda boychechak kulgan.
Qahratondan zerikkan zamin,
Shu lahzada nurlarga to‘lgan.

Ijod sizga hamnafas bo‘lib,
Yo‘l yurdingiz-she’r bo‘ldi izlar.
Mana qancha yillar ortida,
Ko‘nglingizga havasmand qizlar.

Zulfiyasi bo‘lib o‘zbekning,
Har bahorda kelgaysiz yonib.
Shul bahona ko‘klam kulgaydir,
Qahraton qish zahrini yorib.

Sarvinoz Dadajonova,
Muhammad Yusuf nomidagi 
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
1-mart O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavallud topgan sana

Bahor

1.
Bahorni sevaman! Oh, yalang davron!
Shoirlar xilma-xil tashbeh topamiz.
Qishning qo‘rg‘onidan chiqib sog‘-omon,
Ko‘klam og‘ushiga qarab chopamiz.
Bahor – tabiatning ibtidosidir,
Tabarruk yil umrin boshlab beradi.
Bahor – shoirlarning iddaosidir,
Ilhom ko‘zlarini yoshlab beradi.
Tabarruk yil umrin boshlab beradi.

2.
Yaltillar samoda uch kunlik qamar.
Yana dalalarga tushadi izlar.
Boshlariga bog‘lab tolkuchuk chambar,
Suluvlik san’atin o‘rganar qizlar.
Bilmayman, nedir u – qizlarmi go‘zal,
Va yo kurtak otgan nafis surx novda?
Tog‘lar jonlanibdi, hamal-da hamal,
Zamin uyg‘onibdi, soylar bezovta
Va yo kurtak otgan nafis surx novda?...

3.
Shabada esadi tog‘lar tarafdan,
Ey mudroq Ona yer, ko‘zlaringni och!
Ajralib chiqaru ana, qurch safdan
Chekkadagi tomga qo‘nar qaldirg‘och.
Qadrdon hovliga bo‘lib parvona
Parillar, charx urar ayvon tagida.
Inin tuzatmoqqa erinmay yana
Xas izlab kuymanar bog‘ etagida,
Parillar, charx urar ayvon tagida.

4.
Doshqozon qoshida kayvoni momo
Kapkir-la qozonni kavlab qoladi.
Ertaga pishajak sumalak ammo
Hozirdan dillarga qutqu soladi.
Kimdir o‘t yoqadi, kim qo‘shiq kuylar,
Voh, qishloq qizlari chaman-chaman-o!
Momo tuni bilan cho‘pchaklar so‘ylar,
Har bitta so‘zida olamcha ma’no!
Voh, qishloq qizlari chaman-chaman-o!

5.
Navro‘z sururidan yayraydi ko‘ngil,
Binafsha tutganlar yurarlar mag‘rur.
Bahoriy farahning bo‘lmagay so‘ngi!
Ruhlar ozod erur, mamlakatim hur!
To‘lan do‘stim bilan, Humoyun bilan
Soyning tepasiga chiqib ketamiz.
Bizniki shu Zamin, shu ozod Vatan!
Dunyoning tagiga yetamiz!
Dunyoning tagiga yetamiz!..

Muhammad Ali
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_110_yosh

Bahor kechadi

O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova she'riga nazira

"Kecha jim-jit, koʻp goʻzal kecha,
Qaraysan-u suqing kiradi.
Yonadi gul, jilmayar gʻuncha
Yellar gʻir-gʻir esib turadi"

Tun yengilar horib nihoyat,
Tong yoʻqlaydi quyoshni erta.
Mayin yuzin chayib oʻtirar,
Suv labida yalpizoy - erka.

Qaldirgʻochni chorlar eski uy,
Yangi hayot boshlanar bunda.
Chiroyini maqtanar yonib,
Osmonchiroq oymomo - tunda.

Bolariga boshlanar hayot,
Oʻrik guli - sharbat qozoni.
Dasturxonni bezatar to kuz
Xalq oldida shuhrat qozonib.

Har negaki koʻzim tushsa bor,
Yangi hayot nomli nashida.
Tolpopuklar sollanar shodon,
Oʻsma quvnar qizlar qoshida.

Bu ne sirki, koʻpchib turar yer,
Yuzim silar yelning qoʻlchasi.
Salom senga, muzaffar hayot,
Xush kelding, ilk bahor kechasi!

Mubina Sharipova
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinf oʻquvchisi


👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_vafo_timsoli

Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Zulfiya-vafo timsoli” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi natijalari
:

3-yo‘nalish:
Videorolik (Zufiya qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish)

🥇1-o‘rin - Marjona Yakubova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi
🥈2-o‘rin - Ayjamal Sharapatdinova, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 9- sinf o‘quvchisi
🥉3-o‘rin - Mubinaxon Abdumutalova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8- sinf oʻquvchisi


Web sayt I Telegram I YouTube I Instagram I
#Zulfiya_vafo_timsoli

Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Zulfiya-vafo timsoli” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi natijalari
:

1-yo‘nalish: Nazm (Zufiya she’rlariga nazira bog‘lash)

🥇1-o‘rin - Farzona Bahodirova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi
🥈2-o‘rin - Mubina Sharipova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-sinf oʻquvchisi
🥉3-o‘rin - Mohlaroy Toʻlqinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi


Web sayt I Telegram I YouTube I Instagram I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_vafo_timsoli

Shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Zulfiya-vafo timsoli” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining videorolik yo‘nalishi uchun

Marjona Yakubova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8- sinf o'quvchisi.

Web sayt I Telegram I YouTube I Instagram I
🏢Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi yuzasidan 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

🔷Tashkil etilgan tadbirda Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi hamda institut nizomida kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#tibbiy_ko‘rik

🏢Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning salomatligini asrash, sog'ligidagi muammolarni o'rganish, jismoniy holatini nazoratdan o'tkazish, kerakli maslahatlar berish va zaruriy choralarni ko'rish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

🩺Tibbiy ko‘rikda Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidan 10 dan ziyod tor soha mutaxassislari jalb etilib, laborator-instrumental tekshiruvlar uchun zarur barcha tibbiy jihozlar tashkil qilinib, 248 nafar o‘quvchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

🌡Shuningdek, tibbiy ko‘rik doirasida mavzuga doir davra suhbati o‘tkazildi va o‘quvchilarga kasalliklarni okdini olishning foydali jihatlari haqida tushuntirildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
2025/03/03 09:58:24
Back to Top
HTML Embed Code: