group-telegram.com/soliqnews/14011
Last Update:
#mobil_ilova #soliq_biznes
"Soliq biznes" xizmati bilan — biznes jarayonlaridan tun-u kun xabardor bo‘ling!
Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.0 versiyasida tadbirkorlar uchun my3.soliq.uz shaxsiy kabinetining ixchamlashgan shakli – "Soliq biznes" xizmati qo‘shildi.
Xizmatdan foydalanish uchun korxona rahbari va bosh hisobchisi Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
🔹Birinchi sahifada quyidagilar ko‘rinadi:
▫️korxona nomi;
▫️STIR;
▫️barqarorlik reytingidagi o‘rni;
▫️soliq majburiyatlari holati (bajarilgan yoki bajarilmagan).
🔹Keyingi bo‘lim – korxonaning iqtisodiy faoliyatiga tegishli asosiy savollar va ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ular “DSB ma’murchiligi” va “Mahallabay” ishlash tizimidagi mezonlar asosida aks ettiriladi.
Masalan: soliq hisobotlari, hisoblangan soliqlar va yig‘imlar, bank hisobraqamlari, EHF, elektron ishonchnoma va shartnomalar holati.
❗️Bunda hisobraqam to‘xtatilish sababi ham ko‘rsatiladi. Misol uchun, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik, kameral natijalari bo‘yicha talabnomaga javob bermaslik, soliq to‘lovchi o‘zi ko‘rsatgan manzilda bo‘lmasligi...
🔹Shaxsiy kabinetga yuborilgan talabnoma va boshqa yozishmalar alohida kichik bo‘limda jamlangan. Bu yerdan soliq organiga murojaat yuborish imkoniyati ham yaratildi.
🔹Biznes jarayonlarini va buxgalterlar faoliyatini korxona rahbari bilan bir paytda ta’sischilar, biznes hamkorlar va boshqa ishonchli shaxslar ham kuzatib borishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari kuzatuvchi rejimini faollashtirishi kifoya.
Soliq to‘lovchilar o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatib, ularning faoliyatiga salbiy yoki ijobiy baho berish mumkin.
"Soliq biznes" – Sizning qulay va tezkor xizmatingiz!
___________
#мобильное_приложение #soliq_biznes
Soliq 2.0.0. Теперь с персональным кабинетом для юридических лиц
В обновленной версии 2.0.0 мобильного приложения Soliq добавлена услуга "Soliq biznes" для предпринимателей - компактная версия персонального кабинета my3.soliq.uz.
Чтобы воспользоваться услугой, руководитель (директор) и главный бухгалтер проходят Face ID авторизацию.
🔹На первой странице отобразятся:
▫️наименование;
▫️ИНН;
▫️показатель рейтинга устойчивости;
▫️статус исполнения или неисполнения налоговых обязательств.
🔹Следующая страница включает в себя основные вопросы и информацию, связанные с хозяйственной деятельностью предприятия. Они отображаются по критериям на основе информационных систем для администрирования плательщиков НДС, а также по принципу «махаллабай».
Например, статус налоговой отчетности, начисленных налогов и сборов, банковских счетов, ЭСФ, электронных доверенностей и договоров.
❗️При этом указывается причина приостановления банковского счета. Например, непредставление налоговой отчетности в срок, оставленные без ответа требования налоговых органов об итогах камеральной налоговой проверки, отсутствие налогоплательщика по указанному им адресу...
🔹В отдельном блоке сгруппированы все требования и другие уведомления, направленные в персональный кабинет. Отсюда предоставлена возможность подать обращение в налоговые органы.
🔹За бизнес-процессами и действиями бухгалтера одновременно с руководителем предприятия могут наблюдать учредители, деловые партнеры и другие доверенные лица. Для этого руководителю достаточно активировать режим наблюдателя.
“Soliq biznes” позволяет установить прямой контакт с прикрепленным к налогоплательщику налоговым инспектором и оценить его деятельность.
“Soliq biznes” – ваш удобный и быстрый сервис!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/14011