#tavsiya
Ўзбекистонда уйдаги зўравонлик мавзуси машхурлаб борган сари, у хақида турли фикрлар кўпаймоқда ва бу табиий.
Мавзу хақида фикр билдириш учун уни озроқ тушуниш/у хақида изланиш зарар бўлмайди.
Уйдаги зўравонлик мавзусига оид қуйидаги китобларни ўқишни тавсия қиламиз:
Халед Хоссейни "Минг қуёш шуласи" ва Арчибальд Кронинг "Замок Броуди" (Hattler's Castle)* китоблари.
*китобни ўзим рус тилила ўқиганман, ўзбек тилига таржимаси афсуски йўқ.
Мавзуга оид бошқа китобларни билсангиз, комментарииларда улашинг😇
Дам олиш кунларингиз мароқли ўтсин. Каналга дўстларни таклиф қилишни унутманг.
@kishanbandim

Forwarded from Alisher Рўзиохунов
Шустрый бўл!
Ëшлигимда катталардан (ҳамма бўлмаса ҳам) кўпи шундай дерди. Бошида бу гапни эпчил бўлишга йўйиб, пухта ва пишиқ йигит бўлишим керак, деб тушунардим.
Тарбиямизда шустрый бўлиш аслида жуда катта хато бўлганини энди англаяпман. Негаки, ўша катталар ўзи билиб-билмай мени қонунларга бўйсунмай, қоидаларни бузишга ўргатган экан. Оддий мисол: йўлда тирбандлик, биринчи йўлакдан чапга қайрилишим керак. Шунда ёшликдаги “шустрый бўл” ўгити билан ўнг йўлакка ўтаман ва чорраҳада биринчи йўлакка тиқиламан. Кимдир сигнал чалар, кимгадир ёқмас, за то мен шустрыйман. Вақт йўқотиб, тирбандликда қолиб кетмадим.
Тушуняпсизми? Қанчалар жирканч ва аянчли ҳолат.
Ҳозир кўп жойларда, шу туфайли, “лох” бўлиб туришни афзал биламан. Ички овоз билан ўзимдан мамнун бўламан, танишларим орқали телефонда иш битказмаганим, атрофдаги одамларга беҳурматлик қилмаганим, маданиятли одам сифатида сабр билан яшаётганимдан фахрланаман. Албатта, бунга 100 фоиз амал қилиш қийин, лекин ҳаётий қоидага айланди.

Boshqalarga yoqishga bor kuchi bilan harakat qilish, birovlarning maqtovi, olqishi uchun tinmay yelib-yugurish, o'zining istaklaridan ko'ra, o'zgalarning fikri bilan yashash, aniqrog'i, shunchaki mavjud bo'lish, hayotida bo'lib o'tgan yoqimsiz voqealarda faqat o'zgalarni yoki faqat o'zini ayblash, o'tmishini takror va takror eslab, boshqalarni va o'zini o'ziga rahmini keltirish, o'zini faqat jabrdiyda deb hisoblash ham egoizmning yaqqol bir ko'rinishi deb o'ylab qoldim.
Bu holatlar ko'pincha ayollarda uchraydi. Chunki qizlarni yoshligidan miyasiga singdiriladi:
Yaxshi qizlar kattalarni aytganini qiladi.
Yaxshi qizlar gap qaytarmaydi, uyat buladi.
Yaxshi qizlar aql o'rgatmaydi.
Yaxshi qizlar 2 baho olmaydi.
Yaxshi qizlar faqat 5 bahoga o'qiydi.
Yaxshi qizlar yig'lamaydi.
Yaxshi qizlar jim o'tiradi.
Yaxshi qizlar yo'q demaydi.
Yaxshi qizlar faqat xo'p bo'ladi deydi...
Bu qatorni izohlarda davom ettirishingiz mumkin.
Qizlarimizni "yaxshi" qiz qilib emas, to'g'ri tarbiyalaylik.
Keyingi postda to'g'ri tarbiyalangan qizlar xususiyatlarini yoritishga harakat qilaman.

Forwarded from Sarvinoz bilan terapiya
Reallik bilan yuzlashuv
Terapiyaning asosiy vazifalaridan biri — mijozni reallik bilan yuzlashishga oʻrgatishdir. Reallik — insonni har tomonlama himoya qiladigan “mehribon koinot” ham emas, azob berishdan charchamaydigan “bevafo dunyo” ham emas.
Ulgʻaygan muhiti va psixologik holatiga qarab kishilarning reallik bilan munosabati turlicha boʻlishi mumkin. Ruhiy muammolaringiz qanchalik chuqur boʻlsa, reallik bilan aloqangiz shunchalik uzoq boʻlishi mumkin.
Masalan:
• Nevrotik oʻzining yoki boshqa odamning hislari, ehtiyojlariga koʻz yumishi mumkin. Reallik uning uchun anchagina azobli va nevrotik iloji boricha bu azoblardan qochishga harakat qiladi,
• Pogranik shaxs buzilishi(ПРЛ)da kishi oʻz shaxsi yoki boshqalar haqida notoʻliq, buzilgan tasavvurga ega boʻladi. Unga kimdir yaxshi muomala qilsa — dunyodagi eng ajoyib inson boʻlishi, ertasi kuni e’tiborsizlik, hurmatsizlik qilsa — eng yomon odamga aylanishi mumkin. ‘Pogranichnik’ oʻzini va boshqalarni yo butunlay qora, yo oq rangda koʻradi. Toʻliq va barqaror real tasavvurga ega emas.
• Psixotik shaxs buzilishiga ega kishi oʻzining ichki (subyektiv) olamida yuz berayotgan narsa bilan tashqi (obyektiv) olamdagi holatlarni farqlay olmaydi. Reallik bilan aloqa deyarli yoʻqoladi. Eshitayotgan, koʻrayotgan narsalari rostdan ham mavjudmi yoki faqat miyasidami, bilolmaydi.
💬Koʻp zarar yetkazgan kishini esga olganda “yaxshiyam uni uchratdim, menga dars boʻldi” deyish
💬Farzandi vafot etgan ota-onaning darhol yangi bola tugʻishga harakat qilishi
💬Muammolarga duch kelganda “Hammasi yaxshi boʻladi, vaqt oʻtishi bilan joy-joyiga tushib ketadi” deyish
💬“Oʻlgan odamni orqasidan yomon gap gapirmaslik kerak” deya marhumning ba’zi xususiyatlari haqida ogʻiz ochmaslik
💬“Men hech narsaga arzimayman” deya perfektsionistning oʻz yutuqlarini qadrsizlashi
💬“Terapiya davomida ota-onam haqida gaplashmaylik. Ularni hurmat qilaman va yaxshi koʻraman” deya mijozlarning oilasidagi toksik munosabatlarni psixolog bilan boʻlishishni istamasligi
💬Yaqinda sevgan insoni bilan ajrashgan kishining oʻzini koʻngilxushliklarga otib, “daraxtni bir tepsam, qiz/yigit yogʻiladi” deyishi
Yuqoridagi va shunga oʻxshash holatlar reallikdan qochishning kundalik hayotda koʻp uchraydigan (nevrotiklarga xos) koʻrinishlaridir. Bunda reallik — qaygʻu, nafrat, uyat, qoʻrquv, xavotir, tushkunlik, ojizlik kabi noqulay hislardir. Hatto oʻzidan faxrlanish, quvonch, mamnunlik kabilar ham noqulay hislar boʻlishi mumkin.
Biz uchun noqulay hislar bilan yuzlashishni oʻrganish — reallik bilan, hayot bilan yuzlashishni oʻrganish demaktir. Reallik bilan qancha yaxshi aloqa qila olsak, unda yashashimiz shunchalik qulaylashib boradi, oʻzimizni erkinroq va baxtliroq his qila olamiz.
Reallikan qochish esa muammolarni hal qilmaydi, balki xavotirni yana-da oshirib boraveradi. Uni bosish uchun esa istagancha usul bor bugun: qaramliklar, boshqa odamni nazorat qilishga urinishlar, oʻzini cheksiz rivojlantirishlar…
Psixologiya ham xavotirni bosishning bir yoʻli boʻlishi mumkin. Odam terapiyaga qatnaydi, turli kurslar va treninglarda qatnashadi — muammolarini hal qilish uchun harakatsiz oʻtirmaganini oʻziga isbotlash uchun. Lekin navbatdagi seans yoki treningdan chiqqach, hech narsa qilmaydi. Reallik bilan yangicha aloqaga kirishishga toʻgʻri kelganda, noqulayliklardan junjikadi va “psixologik oʻsish” boʻyicha keyingi mashgʻulotga yoʻl oladi.
Yuqoridagi holatlar sizga tanishmi? Oʻzingiz yoki boshqalarning hayotida kuzatganmisiz?
@sara_bilan_terapiya

Ayol xotirasi
Bizda o'zini o'zi qadrlamaydigan juda ko'p aqlli, iqtidorli va nihoyatda go'zal ayollar bor. Chunki qachondir ba'zi bir "erkaklar" ularni yerga urgan, kamsitgan yoki yuragini sindirgan.
Umuman olganda, bu ayollarning qandaydir noyob sifati - zakolkasi yoki mashinasini qoldirgan joyni esidan chiqarib, birinchi ishqiy munosabatlarini eng mayda detallarigacha eslab qolish. U nomard 2002-yil, 7-iyulda 18:32da nima deganigacha. Va bu voqea tufayli nihoyatda azob chekib, atrofdagilarni ham qiynash.
Qizlar, o'tmishni unuting. Kuchlaringizni allaqachon sodir bo'lib bo'lgan narsaga sarflashda ma'no yo'q, ularni yangi narsalarga sarflash kerak. Har safar o'zingizda shubhalansangiz, ushbu maslahatni eslang.
Женская память
У нас очень много умных, талантливых и невероятно красивых женщин с заниженной самооценкой. Только потому что когда-то какой-то мудак помыкал ими, унижал их или разбил им сердце.
Вообще, это какое-то уникальное женское качество – не помнить, где они оставили заколку или машину, но помнить в мельчайших деталях свои первые отношения. Что этот мудак сказал 7 июля 2002 года в 18:32. Неимоверно из-за этого страдать и заставлять страдать всех вокруг.
Девушки, забейте на прошлое. Нет смысла тратить силы на то, что уже свершилось, надо тратить силы на новое. Каждый раз, когда сомневаетесь в себе, вспоминайте этот совет. ©

"Oila qurgan nemis ayollari biror joyga ishga kirishi uchun turmush o'rtog'i tomonidan maxsus ruhsatnoma olishi shart. Ayol ruhsatnoma bilan ishga joylashgan taqdirda ham, erining hech qanday ogohlantirishsiz xotinining mehnat shartnomasini bekor qilib kelish huquqi bor. Agar nemis ayoli turmush qurmasidan oldin ishga joylashgan bo'lsa, bu ishda qolish-qolmasligini turmushga chiqqanidan so'ng er hal qiladi" deb yozilgan, 45 yil avval bekor bo'lgan qonunni o'qib qoldim. Yevropaga tenglashish uchun hech qancha vaqt qolmabdi😀
@kishanbandim
@kishanbandim
Forwarded from Sarvinozdan chizgilar
Nomukammalliging, zaifliklaring, ogʻriqlaring, kechinmalaringni — qarshingdaki inson tinglar ekan, bir kun kelib seni azoblash, boshqarish, yerga urush yoki oʻzining qaysidir manfaati uchun ishlatmasligiga ishonishing — katta baxt.
Kanalimiz asosan ayollar va bolalar himoyasi (jamiyatning aynan himoyaga muhtoj aksariyat qatlami) uchun atalgan bo'lsa-da, ba'zida erkaklarni yoqlab ham fikr bildirish o'rinli deb hisoblayman.
Hozirgina Facebook ijtimoiy tarmog'ida bir videoga ko'zim tushdi. Videoda ayol o'z erini hiyonat qilgani uchun vahshiylarcha tayoq bilan savalamoqda. Ko'pchilik bu holat ustidan hazil, kalaka va masxara qilib munosabat bildirgan.
Sadizm illati albatta jins tanlamaydi. Bu kabi vaziyatlarda erkak ham jabr chekadi (latta! emas, aynan jabrlanuvchi) Shu o'rinda aytish joiz-ki, so'kib-urish - tarbiya emas, JINOYAT!

Бугун мен анчадан буён кузатиб борадиган ўз ишининг устаси, блоги ўқишга (постларни тез-тез улашиб туришимдан билсангиз керак), консультациялари олишга арзийди деб биладиган ёш ва умидли психолог Сарвиноз Омонованинг тугилган куни экан. Барча яхшиликлар ва карьерасига омад тилаган ҳолда сизларга яна бир бор блоги билан улашаман:
https://www.group-telegram.com/sarvinoz_omonova

Telegram
Sarvinozdan chizgilar
• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar
• Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar
Psixolog Sarvinoz Omonova
Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova
Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar
Instagram: sarvinoz.umar
• Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar
Psixolog Sarvinoz Omonova
Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova
Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar
Instagram: sarvinoz.umar
Forwarded from Sarvinozdan chizgilar
Yozayotganlarim kimgadir kamlik qilishi va yana-da koʻproq psixologik bilimga ehtiyoj sezishi mumkin. Shunday kuzatuvchilarimga oʻzim kuzatib boradigan rus tilidagi bir necha psixologik va falsafiy kanallarni tavsiya qilaman.
@itsallokay — oʻzingizga gʻamxoʻrlik, psixologik ahvolingizni yaxshilash haqidagi kanal.
@post_trevoga — xavotir, uning turlari, xavotir buzilishlarini qanday davolash haqidagi kanal.
@travkinatxt — miya va onglilik haqida longridlar yozuvchi sevimli blogerim.

Forwarded from Mahin's World
Assalomu alaykum barchaga! Bugun shanba, soat 19:00. Demak, YouTube blogimda yangi video. Bugun bolalik travmalari haqida gaplashamiz.
Sharing is caring!
https://youtu.be/NJeQhTrxVlA
Sharing is caring!
https://youtu.be/NJeQhTrxVlA
YouTube
BOLALIK TRAVMALAR KLUBI | MAHIN READS
Assalomu alaykum barchaga! Bugungi video mavzusi bolalik travmalari haqida bo’ladi. Bu og’riqli mavzu bo’lsa-da ko’rishni tavsiya qilardim
🖤🖤🖤
Musiqa:
together by Rexlambo https://soundcloud.com/rexlambo
Creative Commons — Attribution-ShareAlike 3.0 Unported…

Forwarded from TROLL.UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sahar - Ayol.
Оиладаги зўравонликлар мавзусидаги ажойиб клип ишланибди. Бефарқ бўлманг.
Яқинларингизга жўнатинг. Айниқса, шу клипдаги "эркак"ларга ўхшаган танишларингиз бўлса, ўзига четдан бир қараб қўйсин.
-
Отличный клип на тему насилия в семье. Не будьте безразличны. Поделитесь с близкими. Особенно если знаете "мужчин" таких, как в клипе. Пусть посмотрят на себя со стороны.
@trolluz

Sizga befarq yoki sizni rad etgan insonga to'satdan juda qattiq intilish, uni qozonish istagini sezganmisiz?
Bunda qachondir ota-ona mehrini qozona olmagan/mehrni faqat qozonib olinishiga ishongan ruhiyatingiz travmadan qutulish niyatida yana bir bor mehrni qozona olishga urinib ko'radi. Va ko'p hollarda qo'shimcha travma ortirib oladi.
Mehr yoki e'tiborni qozonib olinmaydi. Ular bor yoki yo'q. Ruhiyatingiz esa ularga ter to'kib erishganida emas, borligingiz, mavjudligingiz uchun mehr olishga haqli ekanligingizni tushunganida tiklanadi.

сен албатта уддалайсан, уддаламасанг ҳам мен учун „энг энги“ бўлиб қоласан.
#онам_айтмаган_гаплар
@kishanbandim
#онам_айтмаган_гаплар
@kishanbandim
бугун ота-онаси урганида кўзларида ёш билан яна уларга интилаяпган қизалоқлардан эртага эри нима кўйга солса ҳам, миқ этмайдиган идеал жабрийдалар улғаяди.
бугун ота-онаси қўл кўтарган ўғиллардан эртага жаҳли чиққанида, уни фақатгина мушт билан ифодала оладиган эркаклар катта бўлади.
#stop_violence