group-telegram.com/Ilmfanjurnali/433
Last Update:
Nobel mukofotining ilk sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi
📣 Hozirga qadar tibbiyot va fiziologiya hamda fizika sohasidagi Nobel mukofoti sohiblari aniqlandi.
✅ Tibbiyot va fiziologiya sohasidagi mukofot “mikroRNK molekulasining kashf etilishi hamda uning transkripsiyadan keyin genlarni tartibga solishdagi roli” borasidagi tadqiqotlari uchun AQShlik olimlar Viktor Embros hamda Geri Ravkanga taqdim etildi.
✅ Fizika sohasidagi mukofot esa AQShlik olim Jon Xopfild hamda Britaniya-Kanada ilmiy davralarida ma’lum va mashhur bo‘lgan olim Jeffri Xintonga nasib etdi. Ular "sun’iy neyronlardan foydalanilgan holda algoritmlar va statistik modellarni ishlab chiqish imkonini yaratuvchi (machine learning) dasturiga oid muhim kashfiyotlari va ixtirolari" uchun mazkur mukofotga loyiq topildilar.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/433