group-telegram.com/Ilmfanjurnali/439
Last Update:
📣📣📣OBUNA-2025
✅Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi «Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» hamda "Innovator" jurnallariga 2025-yil uchun obuna mavsumi boshlanganini E'LON qiladi!
✍️««Ilm-fan va innovatsion rivojlanish» ilmiy jurnali mohiyatiga ko‘ra texnika yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan ilmiy-innovatsion nashr bo‘lib, mahalliy va xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik maqolalari hamda adabiyotlar sharhlarini o‘zida jamlagan majmuadir.
🖊Jurnaldagi maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida nashr qilinadi.
⚡️Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika fani bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
🚀Oʻquvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop nashr hisoblangan “INNOVATOR” jurnalida omadli innovatorlarning ishni qayerdan va qanday boshlagani haqida eksklyuziv intervyular, bo’lg’usi innovatorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar boʻyicha muhim maʼlumotlar berib boriladi. Qolaversa, oʻquvchi-yoshlarning ijodiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy ilm-fan va texnologiya yutuqlari hamda yangiliklari bilan izchil tanishtirib borish va eng asosiysi, kelajak avlodni “kelajak kasblari”ga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan!
📚Mazkur ilmiy jurnallar bir yilda olti marta chop etiladi.
📍Tahririyat manzili:100174, Toshkent sh., Universitet ko‘chasi, 7-uy.
📞(99899) 373-90-35, (99888) 007-55-92
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/439