group-telegram.com/Ilmfanjurnali/471
Last Update:
Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi – РИНЦ
✅ РИНЦ (Российский индекс научного цитирования) – Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi.
✅ Mazkur platforma nafaqat Rossiya, balki butun dunyo olimlarning ilmiy maqolalari jamlangan bibliografik ma’lumotlar bazasi hamda ilmiy iqtiboslar indeksi sanaladi.
✅ Foydalanuvchilar nashrlar va maqolalardan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishlari uchun “РИНЦ” ma’lumotlar bazasi asosida ScienceIndex tahliliy to‘plami ham ishlab chiqilgan.
✅ “РИНЦ” loyihasi 2005-yildan beri “Ilmiy elektron kutubxona” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
✅ “РИНЦ” ma’lumotlar bazasi iqtiboslar ko‘rsatkichi asosida olimlar yoki ilmiy tashkilotlarni baholash vositasi bo‘libgina qolmay, balki ilmiy davriy nashrlar bo‘yicha bibliografik ma’lumotlarning nufuzli manbasi sifatida ham faoliyat yuritadi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/471