Telegram Group & Telegram Channel
Forwarded from Otabek Hasanov
Soʼnggi vaqtlarda yoshlar oʼrtasida kvadroberlik degan submadaniyat holatlari kuzatilmoqda. Unga koʼra, inson oʼzini toʼliq hayvon hisoblab, uning qiyofasini aks ettiruvchi aksessuarlarni kiyish bilan birga oʼsha jonzot kabi harakatlanadi ham.

Bu kabi holatlar hozirda Qozogʼiston, Rossiya va Ukraina yoshlari orasida ham kuzatilmoqda.
Bilamizki, hozir madaniyatlararo chegaralar yoʼq, axborot oqimini esa toʼxtatib boʼlmaydi. Shu sabab mazkur submadaniyat bizda ham kuzatilayotgani, yoshlarimiz orasida “kvadrober”lar uchrayotgani achinarlidir.

Xususan, 10 oktabrda Toshkent shahrida hayvon qiyofasidagi niqobni taqib olgan “kvadrober” uchratilgani, 11 oktabrda esa poytaxtda yana bir “kvadrober” yoʼlovchilarga itdek hujum qilgan, voqeaga guvoh boʼlgan bola qattiq qoʼrqib ketganligi xabar berilgan.

Biz avvalo, har bir tirik jonzotga mehr-shafqatli boʼlish, hayvonlarga ozor bermaslikni insoniylikning muhim fazilati sifatida qadrlovchi xalqmiz. Biroq tabiat gultoji boʼlgan inson boʼlishdan voz kechishga urunish, hayvonlarda kuzatiladigan agressiv xatti-harakatlarni qilishni har qanday xalq qoralaydi, umumbashariy qadriyatlar inkor qiladi.

Аyniqsa, ongi taʼsirchan, taqlidga moyil, yangiliklarga qiziquvchan yoshlar uchun kvadroberlik juda xavfli. U bolani jamiyatdan ayro, odamlardan uzoq, har qanday yurish-turish qoidalaridan begona qilib qoʼyadi.

Аziz ota-onalar, qadrli ustozlar, jamiyatimiz ziyolilari bu kabi holatning yurtimizda bitta boʼlsa ham kuzatilishi ertaga uning rivojlanishiga zamin boʼlishi mumkin. Koʼzqorachiqlarimiz taqdiriga befarq, kelajagiga beeʼtibor boʼlmaylik.

Аyniqsa, ziyolilarni insoniylikni keng targʼib qiluvchi qadriyat, anʼana, maʼrifatimiz asosida bu kabi submadaniyat holatlariga oʼz keskin munosabatlarini bildirishga chaqirib qolaman.

@otabek_khasanov

group-telegram.com/manaviyat_markaz/26982
Create:
Last Update:

BY MARKAZ XABARLARI

Share with your friend now:
group-telegram.com/manaviyat_markaz/26982

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Continuing its crackdown against entities allegedly involved in a front-running scam using messaging app Telegram, Sebi on Thursday carried out search and seizure operations at the premises of eight entities in multiple locations across the country. Recently, Durav wrote on his Telegram channel that users' right to privacy, in light of the war in Ukraine, is "sacred, now more than ever." Sebi said data, emails and other documents are being retrieved from the seized devices and detailed investigation is in progress. He adds: "Telegram has become my primary news source." However, the perpetrators of such frauds are now adopting new methods and technologies to defraud the investors.
from kr

Telegram MARKAZ XABARLARI
FROM American