group-telegram.com/mehrvaoqibatuz/2265
Last Update:
"Mehr va Oqibat" hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga fuqarolardan (shu jumladan chet ellik) tez tez O'zbekistondagi ko'pchilik kafe va restonlarlar taomnomasida it go'shidan taomlar borligi haqida xabarlar kelib tushadi.
Osiyoning ba'zi davlatlarida itlarni go'shti uchun ko'paytirishga ruxsat berilgan. O'zbekistonda bunday fermalar yo'q. It go'shtining asosiy manbaasi - davlat qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo'limlari (otlovkalar).
Ba'zi millatlar tomonidan it go'shtiga berilgan dorivor xususiyatlar fanda tastig'ini topmagan. Bundan tashqari, viruslar go'sht orqali yuqishi mumkin. Odam go'shtni kesishda ham, uni iste'mol qilganda ham yuqtirishi mumkin.
"Mehr va Oqibat" veterinariya Davlat qo'mitasiga va SESga rasmiy so'rov yubordi va rasmiy javob kutmoqda: O'zbekistonda it go'shtini iste'mol qilishga ruxsat beriladimi va it go'shtidan taomlar tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish shoxoblarini ochish va ishlatishga ruxsatnoma beriladimi.
Telegram | Facebook | Instagram | Web
BY ОЗЖ «Меhr vа Oqibat»
Share with your friend now:
group-telegram.com/mehrvaoqibatuz/2265