Telegram Group & Telegram Channel
Forwarded from Shahboz Abdusattorov
Hosilni qabul qilish va saqlashda ishonchni oqlash vijdon amri

🇺🇿Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi obyektlari faoliyati va dalalardagi agrotexnik tadbirlar bilan tanishayotgani haqida xabar bergan edik. Vazirning navbatdagi lokatsiyasi tashrif dasturiga ko‘ra, “Kattaqo‘rg‘on-g‘alla klasteri” MChJga qarashli “Sultonobod” paxta qabul qilish maskani bo‘ldi.

Barchamizga ma’lumki ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida paxta yig‘im terimi qizg‘in pallada. Nafaqat fermer xo‘jaliklari ishchilari, mirishkor dehqonlar va ilg‘or terimchilar balki paxta qabul qilish maskanlari xodimlarining ham qo‘li-qo‘liga tegmay mehnat qilmoqda.

📌Zero, aholi farovonligi, dehqonlarning moddiy ahvoli yaxshilanib, daromadlari oshishi daladagi mo‘l hosilni yog‘inli kunlarga qoldirmay sifatli yig‘ishtirib olishga bog‘liq. To‘g‘ri-da, yurt farovonligini o‘ylagan xalqimizning og‘izbirchiligi, jipsligi ham aynan mana shunda mujassam.

🔗Vazir maskandagi ish jarayoni bilan tanishar ekan, bu yerda mehnat qilayotgan ishchilardan hol so‘rab, ular bilan suhbatlashishni ham unutmadi. Ayni kunda bu yerda 100 nafarga yaqin ishchilar mehnat qilmoqda.

🌐“Kattaqo‘rg‘on-g‘alla klasteri” MChJga qarashli 3 ta paxta qabul qilish maskani mavjud bo‘lib, aynan “Sultonobod” paxta qabul qilish maskanida barcha ishlar to‘g‘ri tashkil etilgan. Biroq o‘rganishlar jarayonida paxta qabul qilish maskaniga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillar tufayli bu yerda ham elektron tarozi qaydnomalarini vazirlikning elektron platformasiga joylashda katta uzilishlar mavjudligi aniqlandi.

✍️Viloyat va tuman agrar soha mas’ullari hamda paxta qabul qilish maskani mutasaddilari bilan suhbat chog‘ida bildirilgan ishonch mas’uliyati va uni oqlash, hisob-kitoblarning aniq bo‘lishi, bugun yo‘l qo‘yilgan birgina xato ertaga katta yo‘qotishlarga olib kelishi, shuning uchun paxta qabul qilishdagi har bir jarayon shaffof va turli shubha-gumonlardan holi bo‘lishi lozimligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🎚Shuni alohida ta’kidlash kerak, maskanda nafaqat paxta navlarini alohida saqlash balki, urug‘likka ajratilgan hosilni ham belgilangan talablar darajasida saqlash uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgan.

🔵Vazir yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va har bir jarayonda shaffoflikni ta’minlash mutasaddilarning vijdon amri ekanligini ta’kidlab, bu bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/Ibrokhim_Abdurakhmonov/2755
Create:
Last Update:

BY Ibrohim Abdurahmonov

Share with your friend now:
group-telegram.com/Ibrokhim_Abdurakhmonov/2755

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Messages are not fully encrypted by default. That means the company could, in theory, access the content of the messages, or be forced to hand over the data at the request of a government. In a statement, the regulator said the search and seizure operation was carried out against seven individuals and one corporate entity at multiple locations in Ahmedabad and Bhavnagar in Gujarat, Neemuch in Madhya Pradesh, Delhi, and Mumbai. "This time we received the coordinates of enemy vehicles marked 'V' in Kyiv region," it added. Given the pro-privacy stance of the platform, it’s taken as a given that it’ll be used for a number of reasons, not all of them good. And Telegram has been attached to a fair few scandals related to terrorism, sexual exploitation and crime. Back in 2015, Vox described Telegram as “ISIS’ app of choice,” saying that the platform’s real use is the ability to use channels to distribute material to large groups at once. Telegram has acted to remove public channels affiliated with terrorism, but Pavel Durov reiterated that he had no business snooping on private conversations. NEWS
from ms

Telegram Ibrohim Abdurahmonov
FROM American