Telegram Group Search
🚀Bugun, 6-fevral kuni Startup Garage'ning Andijon filiali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🙌 Мazkur loyiha Andijon viloyati, Andijon shahri, “AloqaBank” binosida joylashgan. Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahar, Paxtakor MFY, Janubiy Paxtakor ko`chasi, 12-uy.

😃 Eslatib o’tamiz, joriy yil boshidan Startup Garage filiallari ochilgan hududlar 10 taga yetdi: Qashqadaryo viloyati, Surxondaryo viloyati, Samarqand viloyati, Navoiy viloyati, Buxoro viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Namangan viloyati, Farg‘ona viloyati, Andijon viloyati.

💡Agar siz ham startap go'yangizni taqdimot qilmoqchi bo'lsangiz:
Ariza topshiring!

#AloqaBank #AloqaVentures #StartupGarage #Innovatsiya #Startup #Startaplar

🌐 Aloqa LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида хизматлар соҳасини ривожлантириш бўйича 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун асосий вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание, посвященное проделанной в 2024 году работе и основным задачам на 2025 год по развитию сферы услуг.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🐝Asalarichilik – tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish san’ati.

🍯Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman hokimligi binosida AloqaBank rahbariyati, Respublika Asalari uyushmasi raisi va tuman hokimligi boshchiligida kengaytirilgan davra uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida mamlakatimizda asalarichilik xo‘jaliklarini rivojlantirish, sohadagi ishlar samaradorligini oshirish hamda asal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🐝Ishtirokchilarga asalarichilik sohasida uchraydigan mavsumiy kasalliklarning oldini olish va davolashni tashkil etish, uy sharoitida asalari oilalarini parvarish qilish, zamonaviy veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, asalari oilasini yetishtirish va sotuvga tayyorlash, ularning ozuqa bazasini yaratish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan to‘liq tushuntirishlar berildi.

👤Shuningdek, AloqaBank tomonidan asalarichilikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga ajratiladigan kredit mablag‘lari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan Bo‘stonliq tumanida asalarichilikni rivojlantirish maqsadida AloqaBank tomonidan ijtimoiy daftarga kiritilgan fuqarolarga, 1000 ta xonadonga (har biriga 10 tadan) jami 10 000 ta asalari uyalarini barcha jihozlari bilan kredit asosida ajratish hamda bepul o‘quv kurslarini tashkil qilish ishlari belgilangan.

🐝Asalarichilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar AloqaBank Toshkent viloyati HKXKM murojaat qilishlari mumkin. Manzil: 111500, Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Bobur koʻchasi, 1-uy

🌐 Aloqa LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐝Bo‘stonliq tumani hokimligida asalarichilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminardan foto lavhalar.

🍯Asalarichilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar AloqaBank Toshkent viloyati HKXKM murojaat qilishlari mumkin. Manzil: 111500, Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Bobur koʻchasi, 1-uy

🌐 Aloqa LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | AloqaBank tomonidan asalarichilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar

🌐 Aloqa LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/10 07:20:50
Back to Top
HTML Embed Code: