group-telegram.com/oynuri_uz/6
Last Update:
🤷♀️ Qachon toleyim kularkin? Bu savol barchamizga bo’lishi tabiiy.
🧠 Bu savol shu darajada miyyamizga o’rnashib qolganki, o’zimizni ovutishga tushamiz: “Turmush qurib olay, baxt qushi boshimga qo’nadi”, “Yangi mashina olsam, o’zimni xotirjam his qilaman”, “Ta’tilga chiqib dam olsam, hammasi yaxshi bo’ladi…”
👣 Bunday fikrga ega bo’lishga asosiy sabab, baxt sari aniq yo’lning mavjud bo’lmasligidir.
Eng yaxshisi hozirgi onlarni qadriga yetish.
📖 Donishmandlardan biri aytadi: “Haqiqiy hayot kechirish yo’lini izladim. Lekin har safar yo’limda to’siqlar, avval erishilishi lozim bo’lgan maqsadlar, chala qolib ketgan ishlar, to’lanishi kerak bo’lgan qarzlarim bo’lardi. Keyin hayot davom etardi. Men anglab yetdimki, aynan mana shular mening hayotim ekan. ”
⏳ Vaqt hech kimni hech qachon kutib tura olmaydi.
🧍♀️ Katta bo’lsam;
👩🎓 Maktabni bitirsam;
🧑💼 Ishga kirsam;
👩🍼 Farzandli bo’lsam;
🏞 Yoz kelsa;
🌄 Yil o’tsa;
🏠 Uyimni ta’mirlab olsam;
🧔♂️ Nafaqaga chiqsam;
👨🦽 Kasallikdan qutilsam….
Bilasizmi, bu ro’yxatni qancha davom ettirish mumkin?
Yaxshisi, kelgusi onlarni kutmasdan, nafas olib turganimiz ayni damlarni baxtli o’tkazaylik!
”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi