Telegram Group & Telegram Channel
✍🏻✍🏻✍🏻: @Park_YonU

                    #Wolves_of_Busan
                           #1_QISM

Doim meni baxtsizlik taʼqib qilayotgandek... Oʻtgan hayotimda shunchalik koʻp gunoh qilganmanmi, bilmayman, hayot meni yaqinlarim bilan sinayapti. Men orzulari osmon kabi pok soddagina qiz edim. Umrim davomida hayotimda bu voqealar boʻlishi hayolimga ham kelmagandi. Hatto hozir ham bir paytlar usiz hayotni tasavvur qila olmaydigan, ammo qalbimga koʻplab ogʻir jarohatlar yetkazgan inson oʻlim toʻshagida yotibdi. U meni yana bir bor azobga qoʻyib tashlab ketmoqchi. Kasalxona yoʻlagida oʻtirar ekanman, faqat uni tirik qolishini Yaratgandan yolvorib soʻrardim. Buning uchun oʻz hayotimdan kechishga ham tayyorman. Kaftimda u taqib qoʻygan nikoh uzugi, sevganimning qoni tegib alvon rangga kirgan oq koʻylagimga qarab u bilan oʻtkazgan yaxshi va yomon kunlarimni birma-bir yodga oldim. Uni menga qilganlari, bergan azoblari, ammo doimo oʻzgalardan himoya qilib qalqon boʻlishi, bir emas, bir necha bor oʻz hayotini garovga qoʻyib meni oʻlimdan qutqarib qolganlari, baʼzida qoʻpol muomala qilishlari-yu, baʼzida mehr bilan qarashlari, sochlarimni silab, mayin shivirlashlari, oʻziga sehrlab qoʻyadigan yoqimli tabassumi-yu, bir paytlar hayajondan aytgan dil izhorlari... U bilan oʻtkazgan vaqt mobaynida yaxshisidan yomon kunlar koʻp. Ammo bularning bari men uchun qadrli... Mayli, menga yaxshi muomala qilmasin... Mayli, yana meni jerkib tashlasin... Meni haydashiga ham roziman... Ammo u yashasin... Uni nafas olayotganini his qilishning oʻzi men uchun bir baxt! 

- Doktor... U... U yaxshimi?

- Oʻq yurakka yaqin joyga tekkan ekan. Oʻqni olib tashladik. Ammo koʻp qon yoʻqotgani uchun ahvolini yaxshi deya olmayman. Biz qoʻlimizdan kelganini qildik. Sabrli boʻling...

- Bbbbu... Nima deganingiz? U... u oʻldimi?

- Hozircha yoʻq... ammo hozir soʻnggi nafasini olayotgan boʻlishi ham mumkin. U bilan vidolashib qoling... Keyin armon boʻlib qolishi mumkin... - bu gapni eshitib hushimdan ketishimga sal qoldi. Yerga yiqilayotganimda kimdir yelkamdan suyab qoldi. Ammo hozir menga uni kimligi qiziq emasdi. Hayollarim faqat jon taslim qilayotgan qalbim egasida edi. Hozir hushimni yoʻqotishga haqqim yoʻq! Men koʻrishim kerak... Uni koʻrishim kerak... Bir amallab qaddimni tiklab reanimatsiya xonasiga kirdim. Xuddi uxlab yotgandek koʻzlari yumuq qalbim egasini koʻrib koʻzlarimdan yosh dumalardi. Barmogʻi va tanasiga qandaydir uskunalar ulangan, kislorod balonidan zoʻrgʻa nafas olar, hatto nafas olyaptimi yoʻqmi bilib boʻlmasdi. Oyogʻimni sudragudek boʻlib u tomonga qadam tashladim. Oʻng qoʻlini kaftlarim orasiga oldim.

- Men... Men keldim... Yana yoningdaman... Sen esa... yana meni tashlab ketmoqchisan… Sen bunday oson taslim boʻlishingiz mumkin emas... Bu hol senga yarashmaydi. Iltimos, meni tashlab ketma. Men sensiz yashay olmayman... Seni sevaman... Sevaman... Iltimos, koʻzingni och... Bilaman barini eshityapsan. Agar hammasini bilayotgan boʻlsang, meni bunday azobga qoʻyma. Sen koʻzingni ochishingga ishonaman... Sen koʻzlaringni ochasan… Bunga majbursan… Men uchun… biz uchun yashashing kerak… Sen menga keraksan… Bizga keraksan….

group-telegram.com/Fairy_Universe_PYU/6359
Create:
Last Update:

BY 🔮Fairy Universe 🔮

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/Fairy_Universe_PYU/6359

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Also in the latest update is the ability for users to create a unique @username from the Settings page, providing others with an easy way to contact them via Search or their t.me/username link without sharing their phone number. The picture was mixed overseas. Hong Kong’s Hang Seng Index fell 1.6%, under pressure from U.S. regulatory scrutiny on New York-listed Chinese companies. Stocks were more buoyant in Europe, where Frankfurt’s DAX surged 1.4%. "The result is on this photo: fiery 'greetings' to the invaders," the Security Service of Ukraine wrote alongside a photo showing several military vehicles among plumes of black smoke. The fake Zelenskiy account reached 20,000 followers on Telegram before it was shut down, a remedial action that experts say is all too rare. Friday’s performance was part of a larger shift. For the week, the Dow, S&P 500 and Nasdaq fell 2%, 2.9%, and 3.5%, respectively.
from nl

Telegram 🔮Fairy Universe 🔮
FROM American