Paxta yetishtirishda ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish mumkin🗺Qashqadaryo viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan
qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif obyekti Kasbi tumani G‘alaba QFY dagi 10 gektarlik "Muhammad bobo Shodmonov" fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydoni bo‘ldi. Bu yerga
"Buxoro-8" navi ekilgan bo‘lib, o‘rtacha
hosildorlik 40 sentnerni tashkil qilmoqda.
✅Vazir o‘z navbatida bugun
35-40 sentner hosil bilan cheklanib qolmasdan, yangicha texnologiyalarni qo‘llash, olimlar bilan maslahatlashgan holda baraka urug‘larini yerga qadash, binobarin,
mahalliy navlarni terib olishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymasdan, xlorid magniy bilan defoliatsiya qilish orqali barglarini to‘liq to‘kib, so‘ng
mashina orqali terimga kirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
🔘Vazir o‘z navbatida
Kasbi tumanidagi "Nigora Akramova" fermer xo‘jaligiga qarashli 10 gektarlik paxta maydonini ham ko‘zdan kechirdi.
✅Ushbu dalaga
Hindistonning "Nath-1" xorijiy navi 90lik sxemada, yakkaqator qilib ekilgan. Vazir dala maydonini ko‘zdan kechirar ekan, birinchi navbatda
urug‘lik paxta olish, keyinchalik esa, tovar paxta olish zarurligini tushuntirib o‘tdi. Bundan tashqari, paxtani yetiltirish uchun defoliatsiya qilish zarurligini ham ta’kidlab o‘tdi.
🍃10 gektarlik ushbu dala maydonining ma’lum qismiga "Nath-1" navi ekilgan bo‘lsa, yana yondosh qismlariga ham Hindiston davlatidan keltirilgan boshqa navlar ekilgan. Umuman olganda, ushbu dala maydonida
Hindistondan keltirilgan navlar ustida tajriba ishlari amalga oshirilmoqda.
🌱Aytish kerak, navlarning
sho‘rga chidamliligi, iqlimga moslashuvchanligi, ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha barcha ishlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
🎚Aynan
"Nath-1" hamda unga turdosh bo‘lgan boshqa navlar hozirgi kunda yaxshi samara bermoqda. Bu navlarning sho‘rga chidamliligini inobatga olgan holda mamlakatimiz shimoliy hududlarida ekish maqsadga muvofiq.
📰Zero, bugun har bir fermer paxta ekish hamda uning
hosildorligini oshirish borasida bugungi tajribalarni o‘z fermer xo‘jaligida joriy etishi zarur. Buning uchun olimlar hamda
fermerlarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram