Telegram Group Search
Kasbiy rivojlanish kunlari bo’yicha o’quvlar tashkil etilmoqda

Bugun viloyatning tegishli tayanch maktablarida Kasbiy rivojlanish kunlari doirasida tabiiy fanlar bo’yicha o’quvlar o’tkazilmoqda.

O’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat MMT boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari D.Tojiyev ta’lim tashkilotlarida bo’lib o’qituvchilar bilan muloqot qildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda.

Jarayonlar davomida tinglovchi-o’qituvchilarning mazkur o’quvlarga oid fikrlari va takliflari tinglanib, tadbir mazmuni har bir maktabga sifatli yetib borishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Fotolavhalarda G’uzor tumani 1-,3-,14-maktablar hamda Qarshi shahridagi 10-maktabdagi o’quv jarayonlari aks ettirilgan.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB
Mirishkor tumanida DXSH va oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga amaliy yordam koʻrsatilmoqda

Mirishkor tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan 2-sonli DMTTda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatining tuzilgan bitim talablariga mosligi oʻrganilib, ish hujjatlarini yuritilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkor va pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatilmoqda.

👉 Jumladan, hududdagi 80 nafar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tadbirkorlariga oʻquv seminari tashkil etildi. Unda tashkilotlarning tarbiyachi va metodistlari faol ishtirok etmoqda.

@Qashqadaryo_MMTB
2-sinf o'quvchisidan TOP natijalarQASHQADARYO

Qarshi shahridagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining 2-B sinf o'quvchisi Amirqulova Nozima sporting shaxmat turi bo'yicha shahar, viloyat, respublika va xalqaro musobaqalar g'olibi.

U ta'lim tashkilotidagi sport to'garaklarida faol ishtirok etadi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB
2024/10/17 01:38:13
Back to Top
HTML Embed Code: