Telegram Group Search
Forwarded from NamDU «Press klub»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i 33 yoshda. Ushbu muhim sana munosabati bilan bugun yurtimizning barcha go‘shalarida turli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Albatta, Namangan davlat universiteti jamoasi ham bayrog‘imiz qabul qilingan kunni katta tantana sifatida nishonladilar.  Xususan, talabalarning bir guruhi Baxtiyor Xolmirzayev qalamiga mansub «Bayroq nima o‘zi?» nomli she’rini yod o‘qidilar.

Bu ifoda zamirida yoshlarning Vatanga, erk va tinch-osuda hayotga shukronaligi, mehri mujassamdir!

Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://www.group-telegram.com/namdupressklub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from NamDU «Press klub»
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

TENGSIZ LAHZALARGA GUVOH BAYROGʻIM!


Sportchi uchun «g‘alaba» deganda, uning ko‘z o‘ngida eng avvalo, Vatan bayrog‘i gavdalanadi. Sportchi sharafiga davlat bayrog‘i yuqoriga ko‘tarilar ekan, barcha chekilgan mashaqqatlar, qilingan mehnatlar bir lahzada unut bo‘ladi. Uning o‘rnini hech nimaga qiyos etib va ifodalab bo‘lmaydigan g‘urur-iftixor tuyg‘ulari egallaydi.

Men ham Fransiyada bo‘lib o‘tgan «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lganimda, shohsupaga ko‘tarilib, oltin va bronza medallari ko‘ksimga taqilayotganida, ana shunday baxtni his etdim. Davlatimiz madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz baland ko‘tarilayotgandagi hayajonimni til bilan ifodalab berolmayman. Bunday onlarda sportchi ko‘z yoshlarini tutib turolmaydi. Sening muvaffaqiyating sababli Vatan bayrog‘ining eng yuqoriga ko‘tarilishi chindan ham tengsiz baxt!

Men Chustdagi qishloqning oddiy bolasi edim. Yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar meni butun O‘zbekistonga tanitdi. 2018 yildan buyon sportning para yengil atletika turi bilan shug‘ullanib kelaman. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosiman. Shu kungacha bir qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdim. Xususan, Xitoyda bo‘lib o‘tgan «Xanchjou-2022» Para Osiyo o‘yinlarida kumush hamda 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medali bilan taqdirlandim. Bu yil Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida esa disk uloqtirish bo‘yicha oltin, yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medallarini qo‘lga kiritdim va sportdagi yuksak muvaffaqiyatlarim uchun hukumatimiz tomonidan «O‘zbekiston iftixori» unvoni bilan mukofotlandim. Nokamtarlik bo‘lsa ham ta’kidlashni istardim, men Paralimpiya o‘yinlarida disk uloqtirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladim.

Davlat bayrog‘ining asl qadr-qimmati yuragimizda, qalbimizda. Xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etuvchi davlatimiz ramzlari shu yurtda yashovchi xar bir kishiga iftixor bag‘ishlaydi. Bayrog‘imiz o‘zida boy ma’no-mazmunni, yurtdoshlarimizning asriy orzu-istaklarini, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgani bilan, tinch va osoyishta, farovon va to‘kin hayotimiz timsoli bo‘lgani bilan ham qadrlidir.
O‘zbekiston bayrog‘i dunyo shohsupalarida hamisha baland ko‘tarilsin!

Tolibboy YO‘LDOSHYeV,
Fransiyada bo‘lib o‘tgan «Parij-2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, oltin va bronza medallari sohibi, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.


Namangan davlat universiteti
«Press klub»


➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://www.group-telegram.com/namdupressklub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Namangantoday.uz
18 ноябрь – Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинган кун

Бир қатим нурдирсан, бир қадим эпкин

Эрта тонг. Шаҳар маркази. Кўркам давлат идораси пештоқидаги бир тахлитда ҳилпираб турган байроққа деярли барча бир нигоҳ ташлаб ўтади. Назаримда, мана шу оҳиста ҳилпираётган байроқ ҳамманинг кўнглига хотиржамлик ҳиссини солмоқда. У - тинч-осуда ва озод юртнинг тимсоли!
Бугун – Ватанимиз байроғи тасдиқ топган кун. Бугун қўлларимизда байроғимизни мағрур тутамиз. Бироқ бошқа пайт унга нисбатан қалбимизда бу қадар ғурур туймаймиз. Буни яширмайлик.


✍️ Шаҳло ТОШБЕКОВА.

Батафсил ўқиш  ➡️ https://namangantoday.uz/2024/11/18/bir-qatim-nurdirsan-bir-qadim-jepkin/

📝 Namangantoday

➡️ Обуна бўлинг ➡️https://www.group-telegram.com/namangantoday
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/18 05:43:48
Back to Top
HTML Embed Code: