group-telegram.com/oynuri_uz/5
Last Update:
Qo’lingizdan keladigan foydali ish
🏃♀️ Sog’lom turmush tarziga erishish hamda baxtli hayot kechirish uchun quyidagi odatlarni kun tartibingizga kiriting. Afsuslanmaysiz!
🔮 Doim bir xil vaqtda uxlang va bir xil vaqtda uyg’oning
🔮 Nonushta, tushlik, kechki ovqatni iloji boricha bir xil vaqtda qilganingiz ma’qul
🔮 Bir sutkada 8 soatdan ko’p uxlamang
🔮 Yotishdan oldin piyoda yurish va toza havodan bahramand bo’lish foydalidir
🔮 Kun davomida 1.5 litr suv iching
🔮 Kompyuterdan keragidan ortiq foydalanmang
🔮 Yotishdan oldin bir stakan qatiq iching
🔮 Har kuni meva- sabzavotlar tanovul qiling
🔮 Tashqi ko’rinishingizga e’tibor bering
🔮 Saharda yuguring yoki piyoda yuring
🔮 Sport bilan shug’ullaning
🔮 Tabassum qiling
🔮 Har kuni 5 ta yangi so’z o’rganing
🔮 Har kuni uyingizni tartibga soling, keraksiz narsalardan voz keching
🔮 Ertalabki badantarbiyani kanda qilmang
🔮 Bugungi kuningiz kechagidan farq qilsin
har kuni 15 sahifa kitob o’qing
🔮 O’zingizda sabr-qanoat fazilatlarini shakllantiring
🔮 Insonlarga chiroyli muomalada bo’ling faqat yaxshi niyat qiling (niyatga ko’p narsa bog’liq)
💁♀️ Xo’sh, betakrorlarim qila olamizmi?
”Oy Nuri” ayol-qizlar ijodiy klubi