group-telegram.com/soliqnews/7962
Last Update:
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 148-son qarori qabul qilindi. (2.04.2022-yil)
Qarorga muvofiq majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari va mahsulotlar turlari guruhlar boʻyicha belgilandi:
1-guruh – changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich
va muzlatkich, televizor va monitor – 2022-yil 15-apreldan boshlab;
2-guruh – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkich – 2022-yil 1-avgustdan boshlab;
3-guruh – suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha turdagi lampalar – 2022-yil 1-noyabrdan boshlab.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
✔️raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyxati;
✔️ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ulgurji va chakana savdo tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafiklari;
✔️maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom.
Maishiy texnika mahsulotlarini tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash joriy qilingan kundan boshlab:
▪️Oʻzbekiston hududida majburiy raqamli markirovkasiz ishlab chiqarish hamda ular import qilinganda agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
▪️6 oy mobaynida markirovkalanmagan maishiy texnika mahsulotlari qoldiqlarini ulgurji va chakana savdo tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy ravishda bepul raqamli markirovkalanishga ruxsat beriladi;
▪️9 oy oʻtgach ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan keyingi aylanma ishtirokchilariga taqsimlashfaqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan holda amalga oshiriladi;
▪️12 oydan soʻng barcha aylanma ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash faqat elektron hisobvaraq-fakturalarga markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritgan holda amalga oshiriladi;
▪️1 yildan so‘ng Oʻzbekiston hududida raqamli markirovkasiz sotish taqiqlanadi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/7962