group-telegram.com/soliqnews/8181
Last Update:
#bilasizmi
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 2- va 5-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxs rahbari yoki YATT maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu maʼmuriy javobgarlik 2 ta holatda avtomatik tarzda aniqlanadi:
🔸 soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik – BHMning 10 baravarigacha jarima belgilangan;
🔸soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik – BHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilangan.
🖊Bunda qaror huquqbuzarning ishtirokisiz avtomat tarzda chiqariladi va 3 kun ichida shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
❗️Maʼlumot uchun: O‘RQ-758-son Qonuni kuchga kirguniga qadar, ushbu turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun hujjatlar soliq organida qog‘oz shaklida rasmiylashtiriladi.
📌Eslatma: O‘RQ-758-son Qonun qabul qilingan paytdan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/8181