Telegram Group Search
“Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyadan fotoreportaj

@otabek_khasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontent

Internet olamida ma’naviyatni targ’ib qilish, ma’rifatni ulashishda yoshlar bilan hamkorlikda ishlashimizni bildirgan edik.

Shu maqsadda tayyorlangan mazkur reels qizlar ta’limi mavzusida.

Ko’ring, do’stlaringizga ulashing va takliflaringizni bildiring!

@otabek_khasanov
Xabar berganimizdek, bugun Samarqand shahrida “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Konferensiyaning “Davlat boshqaruvida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli” sho‘‘basida moderatorlik qilib, mahalla tizimi xalqaro miqyosda katta qiziqish bilan o‘rganilayotganiga guvoh bo‘ldim.

O‘ylaymanki, qadriyat, an’analarga ega bu milliy boshqaruv tizimimiz takomillashuvi yo‘lida mazkur konferensiya ilmiy, amaliy jihatdan foydali bo‘ladi.

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har safar Samarqandga kelsam, Registon maydonini ko'rmay ketmayman.

Bu yerda tarix, san'at, madaniyat, ilm-fan nafasi bor. Viqor bilan turgan bu binolar buyuk davlat, buyuk millat bo'lgan xalqimizning g’ururi kabi baland, boshi doim ko’kdadir.

Manbalarda o’qigan edim, O’rta asrlarda hamma katta shaharlarning markazlari “Registon” deyilgan ekan.

Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz, Toshkentda ham bo’lgan ekan.

Siz Registon haqida nimalarni bilasiz?

@otabek_khasanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi?

Registon maydonida oddiy qassobning qabri borligini bilasizmi? U nima uchun bunchalar ulug’langan?

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Раҳбар кадрларни баҳолаш маркази ташкил этилади

“Раҳбар кадрларни баҳолаш марказини ташкил этиш тўғрисида”ги Ҳукумат Қарори (629-сон, 04.10.2024 й.) қабул қилинди

Қарорга кўра, Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги муассислигида Раҳбар кадрларни баҳолаш маркази ташкил этилади.

Марказнинг асосий вазифалари:

ижтимоий-психологик тадқиқотлар асосида давлат фуқаролик хизматчилари учун базавий, алоҳида лавозим ёки лавозимлар гуруҳи учун компетенциялар модели ҳамда индикаторларини ишлаб чиқиш;

давлат фуқаролик хизматчиларини шахсий-профессионал диагностика қилиш, компетенциялар модели асосида комплекс баҳолаш;

компетенцияларни баҳолаш жараёнида фойдаланиш учун доимий равишда янги услубларни ишлаб чиқиш, ўзлаштириш ва жорий қилиш;

компетенцияларни баҳолаш натижалари асосида раҳбар кадрлар учун шахсий-профессионал ривожланиш траекториясини ишлаб чиқиш ва замонавий технологиялардан фойдаланган ҳолда амалга ошириш;

раҳбарлик лавозимига номзодларни умумий касбий билими, қадриятлари ва ақлий салоҳиятини аниқлаш бўйича тест синовларини ҳамда психологик сўровномалар ўтказиш;

раҳбар кадрлар фаолияти самарадорлигини баҳолаш ва мониторинг қилиш, кадрларга бўлган эҳтиёжни прогноз қилиш, уларни саралаб олиш ва жой-жойига қўйиш жараёнларига рақамли технологияларини ва замонавий усулларни кенг жорий этиш;

фаолиятининг асосий йўналишлари бўйича эксперт-таҳлилий фаолият, илмий тадқиқот ва изланишларни олиб бориш.

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 7-oktabr sanasida butunjahon miqyosida Ota-onalar kuni nishonlanar ekan.

Ota-hayotimizning ustuni bo‘lsa, onalarimiz - umrimiz ziyosidir. Erishganlarimiz, erishayotganlarimiz ularning zahmati, fidokorligi, mehr-muhabbati sabablidir. Ular oldidagi ma’naviy qarzimizni uzish uchun butun umrimiz kamlik qiladi, aslida. Lekin ular hech qachon bizdan nimadir kutmaydi, mehr so‘ramaydi ham.

Shu sabab bunday kunlarda emas, har kuni ota-onangiz holidan xabar olib, ularning bebaho duolarini, oltinga teng nasihatlarini olishni unutmang! Сhunki, dunyoda bir kun shunaqa nomlansa, bizning xalq, millatimiz uchun har bir kun ota-onani e`zozlash kunidir

Aslida shunchaki bir qo‘ng‘irog‘imiz, yozgan xabarimiz ularni dunyodagi eng baxtiyor insonga aylantira oladi.

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/15 14:26:32
Back to Top
HTML Embed Code: