Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti boshlanadi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, faol yoshlarning takliflari eshitiladi.
@otabek_khasanov
@otabek_khasanov
Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi. Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi.
Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, yaqinda bilimdon va intiluvchan Parviz Tuksanov SAT imtihonidan eng yuqori – 1 ming 600 ball to‘pladi. Prezidentimiz uni ushbu natija bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.
Yana bir ibratli misol – “Kitobsevar millat” g‘oyasi asosida yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish umummilliy harakatga aylandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovidagi ishtirokchilar soni 6 karra oshib, 3 million nafarga yetdi.
Bir guruh faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar kitobxonlar qatoriga kirdi.
Hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlod, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun milliy kontentlarni yaratish dolzarb vazifadir. Bunday kontentni bog‘cha va maktabdagi ta’lim jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishini oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi ta’kidlandi.
Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Nuroniylarimiz ishtirokida "Ajdodlar merosiga munosib avlod" g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida "Men buyuk el farzandiman" umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan "Yoshlik" jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Yoshlarimizda "Vatan tayanchi" harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
"Vatan tayanchi" otryadlari o‘rtasida "maktab – tuman – viloyat – respublika" darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.
Shu kabi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida "mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika" darajasida "Shijoat va g‘ayrat" sport o‘yinlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan ta’minlanadi.
"Vatan tayanchi" hamda "Shijoat va g‘ayrat" musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

Tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi.
Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi.
Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi.
Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?
Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?
#prezident #yoshlar #uzbekpower

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Kuvayt yetakchilarining muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
@otabek_khasanov
@otabek_khasanov
O‘rta Chirchiq tumanida "Prezident tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, barcha tuman-shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, soha mutaxassislari, mas’ullar qatnashdi.