Telegram Group & Telegram Channel
#Farmon_ijrosi_amalda
#muhandislik_dasturlari
#integratsiyalashgan_taʼlim

🤩 "Yangi Oʻzbekiston" universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi muhandislik dasturlari yoʻnalishida hamkorlik qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Bunda, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quv jarayoni 5 yillik dasturlar asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi. Dastlabki 3 yilda ustuvorlik o‘quvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili bo‘yicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda esa — muhandislikka boshlang‘ich tayyorgarlikni ta’minlashga qaratiladi.

Shuningdek, muhandislik ta’lim dasturlarini lozim darajada o‘zlashtirgan bitiruvchilarga o‘z o‘qishini "Yangi O‘zbekiston" universiteti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan ayni yoʻnalishda olib borilayotgan amaliy ishlar doirasida tizimdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda "Yangi Oʻzbekiston" universiteti oʻrtasida taʼlim hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari "Yangi O‘zbekiston" universiteti o‘quv laboratoriyalari hamda mahalliy va xorijiy o‘qituvchilarning dars jarayonlarini kuzatish, oʻquv-amaliy mashgʻulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Kuni kecha "Yangi O‘zbekiston" universitetida tashkil etilgan integratsiyalashgan dars jarayonlarida ham maktab yoshlari bu imkoniyatdan samarali foydalandi.

Shu bilan birga o‘quvchilar uchun universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida mahorat darslari ham o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/piimauz/21494
Create:
Last Update:

BY Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Share with your friend now:
group-telegram.com/piimauz/21494

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

However, the perpetrators of such frauds are now adopting new methods and technologies to defraud the investors. Soloviev also promoted the channel in a post he shared on his own Telegram, which has 580,000 followers. The post recommended his viewers subscribe to "War on Fakes" in a time of fake news. Telegram was founded in 2013 by two Russian brothers, Nikolai and Pavel Durov. "For Telegram, accountability has always been a problem, which is why it was so popular even before the full-scale war with far-right extremists and terrorists from all over the world," she told AFP from her safe house outside the Ukrainian capital. On Telegram’s website, it says that Pavel Durov “supports Telegram financially and ideologically while Nikolai (Duvov)’s input is technological.” Currently, the Telegram team is based in Dubai, having moved around from Berlin, London and Singapore after departing Russia. Meanwhile, the company which owns Telegram is registered in the British Virgin Islands.
from us

Telegram Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
FROM American