Tailandning Pattaya shahrida insultga chalinib, chap tomoni ishlamay qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi. U xorijga ishlash uchun ketgan, biroq ahvoli og‘irlashgan. Bangkokdagi bosh konsulxona bunday holatlar ko‘paygani bois tibbiy sug‘urta olish va ish beruvchi bilan shartnoma tuzish zarurligini eslatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/uzbek/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/uzbek/
Telegram | Instagram | YouTube
Yakshanba tongida O‘zbekistondagi masjidlarda Ramazon oyi tugashi munosabati bilan hayit namozi o‘qildi. Toshkentdagi “Minor” masjididan fotoreportaj.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/prayer/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/prayer/
Telegram | Instagram | YouTube
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qilib, uni “birlamchi vazifasidan chetga chiqib ketgan” deb atadi. Agentlik funksiyalarining bir qismini Davlat departamenti o‘z zimmasiga oladi. Tashkilotning barcha xodimlariga 1-iyul yoki 2-sentabrgacha ishdan bo‘shash taklifi keladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/usaid/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/usaid/
Telegram | Instagram | YouTube
Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahrida bo‘ladi. U yerda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining qo‘shma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi. Qolaversa, uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/president/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/president/
Telegram | Instagram | YouTube
3−4−5-aprel kunlari “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti sababli Samarqand shahriga kirish yopiladi. Shaharning ayrim ko‘chalarida ham harakatlanish vaqti-vaqti bilan cheklanadi, ular o‘rniga aylanma harakat tashkil etiladi. YHXB mazkur kunlarda tashrif reja qilganlardan boshqa kunlarga qoldirishni so‘radi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/samarkand/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/30/samarkand/
Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda hafta juda issiq va quruq o‘tadi — hafta o‘rtalarida ko‘plab hududlarda harorat +30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, dam olish kunlari Surxondaryo viloyatining janubida harorat +35 darajagacha ko‘tarilganida, ayrim viloyatlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/weather/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/weather/
Telegram | Instagram | YouTube
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga keldi. Uni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Bugun, 31-mart kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/visit/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/visit/
Telegram | Instagram | YouTube
Xo‘jandda ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnoma imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/ittifoqchilik/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/ittifoqchilik/
Telegram | Instagram | YouTube
AQSh prezidenti Donald Tramp uchinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yish imkoniyatini istisno etmasligini va buning uchun “metodlar” mavjudligini aytdi. Prezidentlik muddatini cheklovchi 22-tuzatishni bekor qilish uchun Kongressning ikkala palatasida uchdan ikki qism ovoz kerak bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/trump/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/trump/
Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Izboskan tumanidagi “Ahmadali Xoji” jome masjidida gaz portladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Masjid tahoratxonasi qulab tushgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/masjid/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/masjid/
Telegram | Instagram | YouTube
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi hamda uch davlat rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/chegara/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/chegara/
Telegram | Instagram | YouTube
Kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi, QQSni qaytarishning yangi tartibi joriy etiladi, xususiy sektor uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatishga va kichik hajmli bolalar uylari tashkil etishga ruxsat beriladi — O‘zbekistonda 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/aprel/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/aprel/
Telegram | Instagram | YouTube
Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi rasmiy sammiti va xalqaro konferensiya o‘tkazilishi sabab 1−5-aprel kunlari shahardagi ayrim OTM, texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli ta’til beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/samarqand/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/samarqand/
Telegram | Instagram | YouTube
Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning familiyalarini e’lon qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/izbaskan/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/izbaskan/
Telegram | Instagram | YouTube
Andijonning Izboskan tumanida masjid hududida portlash sodir bo‘lgani yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi, unga bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchilik qiladi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/gov-commission/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/gov-commission/
Telegram | Instagram | YouTube
Fransiyada o‘ta o‘nglar yetakchisi Marin Le Pen Yevroparlament mablag‘larini o‘zlashtirishda aybdor deb topildi. U hokimiyat organlariga saylanish huquqidan mahrum bo‘ldi. Le Pen 2027-yilda prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi. Unga, shuningdek, 4 yillik qamoq jazosi (2 yili shartli, 2 yili uy qamog‘i) tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/le-pen/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/le-pen/
Telegram | Instagram | YouTube
⚡️Birlashgan Arab Amirliklari sudi Isroil va Moldova fuqaroligiga ega bo‘lgan ravvin Zvi Koganni o‘ldirgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini o‘lim jazosiga hukm qildi. O‘zbekiston TIV bu ma’lumotni “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/sentence/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/sentence/
Telegram | Instagram | YouTube
Andijon viloyati prokuraturasi Izboskan tumanidagi masjidda yuz bergan portlash yuzasidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Avvalroq jarayonni o‘rganish yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/jinoyat-ishi/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/03/31/jinoyat-ishi/
Telegram | Instagram | YouTube
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga amaliy tashrifi doirasida Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari birga Xo‘jand qal’asiga bordi, shuningdek, uch mamlakat madaniyat va san’at ustalarining konsertida qatnashdi. Shu bilan davlat rahbarining tashrifi yakunlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/01/president/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/04/01/president/
Telegram | Instagram | YouTube