Telegram Group Search
Channel created
Bu kanal orqali men yoshlar kelajakda turli xil sohalarda muvaffaqiyatga erishishlari uchun ta’lim sohasida orttirgan tajribalarimdan kelib chiqib o’z fikrlarimni bildirib boraman.

Oxirgi 20yilda dunyo har sohada to’liq transformatsiya bo’ldi. Ammo ta’limning falsafasi hali ham 100yil oldingi holatda.

Yangicha zamonga mos ta’limni birga yaratish uchun barcha yoshlar va ota onalarni shu kanalda bo’ladigan muhokamalarga taklif qilib qolaman!

Sizlar bilan Nurafshon Prezident maktabi direktori, Toshkent viloyati Deputati, Turon Xalqaro maktablari, Gennis o’quv markazlari, Gennis Systematics IT kompaniyalar asoschisi Maxmud Yuldashev

Kanalga o’tish👇
@MakhmudYuldashev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Xitoy Xalq Respublikasidan maktabimizga tashrif buyurgan hamkasblarimizdan anchagina masterklass oldik.

Ohirgi yillarda butun dunyoni hayratda qoldirishda davom etayotgan, tovarlari yer shari bo’ylab yirik shaharlardan tortib qishloqlargacha tarqalib ketgan Xitoyliklarning muvaffaqiyati sababi hammaga ayon.

Innovatsiya va ishlab chiqarishga yoqilg’i bo’lgan ko’p sonli ishchi kuchi!!!

Albatta ko’p sonli sifatli kadrlarni yetkazib berish tizimli ta’limning natijasi.
Xitoyda sinfdagi o’quvchilar soni Yevropa yoki AQSH
da bo’lgani kabi 15-20 nafar emas balki 40-60 nafarni tashkil qiladi. Lekin shunda ham ta’lim sifati juda yuqori.

Xo’sh sabab nimada?

1. Ustozlarning jamiyatdagi mavqeyi.
Konfutsiy falsafasida ustozlar xalq orasida eng yuqori mavqega ega insonlar sifatida ko’rilgan va bu an’ana hozirgi kungacha saqlanib qolgan. O’quvchilar ustozlarni faqatgina hurmat qilibgina qolmay ulardan qo’rqishadi ham.

2.Ota-onalar ishtiroki: Xitoylik ota-onalar ta’limni ustuvor deb bilib, farzandlarining akademik muvaffaqiyatlariga katta mablag‘ sarflashadi, qo‘shimcha repetitorlik va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga katta e’tibor berishadi.

3. Intizom va mehnatsevarlik: Xitoylik o‘quvchilarda mehnatsevarlik va bardoshlilik qadriyatlari singdirilgan. O’quvchilar kuniga kamida 10soat vaqtini bilim olish uchun sarflaydi. Eslatib o’taman ☝️☝️bu eng kamida.

4. STEM ta’limiga e’tibor:
Xitoy fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohalariga ustuvor ahamiyat beradi, bu sohalarda ko‘plab yuqori malakali mutaxassislarni yetkazib bermoqda.


O’ylashimcha yuqorida keltirib o’tganlarimdan eng asosiysi bu mehnatsevarlik.

Bizda ham o’quvchilar Xitoylik o’quvchilar kabi fikrlarini asosan bilim olishga jamlaganlarida edi, hammasi boshqacha bo’lardi.

Savol:
Bizning o’quvchilar fikrlarini jamlay olmasligiga nima sabab?

Fikringiz
biz uchun muhim!!

Kanalga obuna bo’lish👇
@MakhmudYuldashev
STEM Ta’limi nima?

Ushbu ta'lim tizimi biz bilgan an'anaviy fanlarni amaliyotda qo'llash va real dunyo muammolarini hal qilish orqali o'rgatadi va 4ta yo'nalishni o'z ichiga oladi.
1. Fan (Science),
2. Texnologiya (Technology),
3. Muhandislik (Engineering) va
4. Matematika (Mathematics)


Jaydari tilda aytganda, o'quvchilar kitoblardan o'qigan ma'lumotlarini shunchaki yodlab olish o'rniga, shu bilimlarni rostdan ham haqiqiy hayotda qo'llab o'rganishadi.

O'zi o'ylab qarasak shu STEM ta'limi o'zimizdan chiqqan😉😉.
Uzoq yillar avval ota-bobolarimiz ustoz shogirt tizimida ilm olishgan va o'rgangan bilimlarini shu zahotiyoq haqiqiy hayotda qo'llab ko'rishgan.

O'ylashimcha aynan shu sababli ham o'sha paytlarda bizdan juda ko'p ixtirolar chiqqan.

Mana endi shu o'zimizdan chiqqan tizimni biz chet eldan yana o'zimizga olib kiryapmiz.

Nima bo'lganda ham, hechdan ko'ra kech deyishadi. Farzandlarimiz tezroq sinf xonada zerikarli darsni faqat eshitib o'tirmasdan, o'zlari nimanidur amaliyotda qo'llab o'rganadigan tizimda o'qishlarini umid qilib qolaman.

Ma'lumot o'rnida: Bunga erishish faqat davlatning qo'lida emas!!!

Nima qilish kerakligini kommentlarda muhokama qilamiz

Kanalga obuna bo’lish👇
@MakhmudYuldashev
5–12 yoshdagi bolalarda shaxsiyat rivojlanishi

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, maktab yoshidagi bolangiz qanday rivojlanadi? 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalar o‘z shaxsiyatlarini shakllantiruvchi katta o‘zgarishlarni boshdan kechirishadi va bu kelajakdagi muvaffaqiyatlariga poydevor yaratadi. Ushbu muhim bosqich haqida asosiy ma'lumotlarni va farzandingizning o‘sishiga qanday yordam berishingiz mumkinligini o‘rganamiz.

5–12 yoshdagi bolalarda shaxsiyat rivojlanishining asosiy jihatlari

1. Asosiy fazilatlar shakllanadi

Ushbu bosqichda qiziquvchanlik, mehr va kirishuvchanlik kabi shaxsiy fazilatlar yanada aniqroq shakllanadi. Bolalar o‘z kuchli va zaif tomonlarini tushunib, o‘z-o‘zini anglashni boshlaydi.

2. Ijtimoiy ong rivojlanadi

Tengdoshlar bilan munosabatlar tobora muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar adolat hissini rivojlantiradi, guruh dinamikasini tushunishni boshlaydi va hamkorlik, murosaga kelish va nizolarni hal qilish kabi asosiy ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi.

3. Mustaqillik kuchayadi

Bu yoshdagi bolalar mustaqillikka intilishadi. Ular uy va maktabdagi mas'uliyatni o‘z zimmalariga olishadi, qarorlar qabul qilishadi va o‘z muammolarini o‘zlari hal qilishadi. Bu tajribalar o‘ziga ishonch va qat‘iyatlilikni shakllantirishga yordam beradi.

4. Aqliy o‘sish shaxsiyatni mustahkamlaydi

Ushbu davrda mantiqiy fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatlari yaxshilanadi. Bolalar o‘z harakatlari va tanlovlarini mulohaza qilib, o‘z shaxsiyati va o‘zini anglashni shakllantiradilar.

5. Muhitning roli muhim

Ota-onaning tarbiyasi, tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlar va maktab tajribalari shaxsiyat rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ijobiy rag‘batlantirish, xilma-xil tajribalar va hissiy qo‘llab-quvvatlash sog‘lom o‘sishni ta‘minlaydi.

Shaxsiyat rivojlanishiga yordam berish bo‘yicha amaliy maslahatlar

O‘z fikrlarini ifodalashga undang

Bolangizga o‘z fikrlarini bildirishga va yoshiga mos qarorlar qabul qilishga imkon bering. Bu ishonchni mustahkamlaydi va mustaqillikni rivojlantiradi. Ularning mashg‘ulotlari yoki his-tuyg‘ularini tanlashda ularga mustaqillik bering.

Sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiring

Bolangizning do‘stlikni rivojlantirishiga yordam bering. Ular uchun guruh mashg‘ulotlari va jamoaviy o‘yinlar tashkil qiling. Bunday tajribalar hamkorlik, yetakchilik va mehrni rivojlantirishga yordam beradi.

Qiziqish va qiziquvchanlikni qo‘llab-quvvatlang

Farzandingizni turli mashg‘ulotlar, sport turlari va ijodiy mashg‘ulotlarga jalb qiling. Ularni yangi narsalarni o‘rganishga undash ko‘lamli shaxsiyatni rivojlantiradi.

Ijobiy namuna bo‘ling

Bolalar ko‘pincha kattalarning xatti-harakatlarini taqlid qilishadi. Siz sabr, mehribonlik va samarali muammolarni hal qilishni namoyish qilsangiz, ular bu ko‘nikmalarni o‘rganishadi.

Harakatlarni mukammallikdan ustun qo‘ying

Natijalar emas, balki harakat va mehnatni e‘tirof etishga e‘tibor qarating. Bolaning mehnatini maqtab, ularga chidamlilik va o‘sish fikrini singdiring.

Ekran vaqtini cheklang

Bolani ortiqcha texnologiyadan foydalanishdan cheklang. Haqiqiy dunyodagi muloqotlar va faoliyatlarni, masalan, ochiq havoda o‘ynash, kitob o‘qish va interaktiv o‘yinlarni rag‘batlantiring.

Ortiqcha ehtiyotkorlikdan qoching


Bolaga xatolardan qo‘rqmasdan o‘rganish va o‘sish imkoniyatini bering. Ortiqcha e'tibor va ehtiyotkorlik bolada qaramlikni kuchaytiradi.

Xulosa

Unutmang 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davr shaxsiyat rivojlanishi uchun juda muhim. Ushbu yillarda ular nima bilan shug'ullanishi ularning kelajakda kim bo'lishini aniqlab beradi. Mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom munosabatlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish orqali siz farzandingizning gullab-yashnashiga yordam berishingiz mumkin.

O'zingizning hozirgi paytdagi yondashuvingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Ushbu bosqichda farzandingizning o‘sishiga qanday yordam berasiz?

Quyidagi izohlarda o‘z fikr va tajribangizni baham ko‘ring—sizning mulohazalaringiz boshqa ota-onalarni ilhomlantirishi mumkin!

Kanalga obuna bo’lish👇
@MakhmudYuldashev
Aziz do'stlar, qadrdon yurtdoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! 🥳

Siz va yaqinlaringizga yangi yilda omad, baxt va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 💫

2024-yil nihoyasiga yetar ekan, umid qilamanki, kelayotgan yil siz uchun ulkan imkoniyatlarga, baxtli onlarga va quvonchli lahzalarga to'la bo'ladi. 🎆

Oxirlab borayotgan yilda amalga oshira olmagan ishlaringizni 2025-yilda osonlik bilan yakuniga yetkazishingizni tilayman.

O'ylaymanki, oldingi yillarda duch kelgan qiyinchiliklarni yengib, biz barchamiz uchun unutilmas va omadli davrga qadam qo'ydik.

Umid qilamanki, yangi yil butun dunyoga, bizning xalqimizga va, albatta, sizning oilangizga unutilmas onlarni va muvaffaqiyatli tajribalarni tuhfa etadi. 🎉

Yangi yil barchangizga muborak bo'lsin! 🥂🎇

Hurmat bilan,
Nurafshon shahridagi Prezident maktabi direktori
Maxmud Yuldashev

Kanalga obuna bo’lish👇
@MakhmudYuldashev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’ylashimcha ta’limga aloqasi yo’q odamni o’zi yo’q.
O’zi o’qish yoshidan o’tgan odamni ukasi, singlisi yoki farzandi ta’lim oladi.

Shu sababli ta’limda kichkina bo’lsa ham o’zgarish qilish har birimiz uchun qiziq bo’lsa kerak.

Keling buni birga amalga oshiramiz 🫴

Kanalga obuna bo’lish👇
@MakhmudYuldashev
O'qituvchi uchun eng muhim ko'nikma nima?

Ta'limda, ayni paytda uncha qadrlanmaydigan lekin juda muhim bo'lgan ko'nikma bu talab qila olish qobilyati.

Albatta talabchan ustoz bo'lish, qo'pol yoki shafqatsiz bo'lish degani emas. Bu o'quvchilarga kattaroq marralarni qo'yish va o'zlarining eng yuqori patensiallariga erishishga undashdan iborat.

Hozirgi kunda ko'plab yoshlarning o'ziga bo'lgan ishonchi past va ular "komfort zona" dan chiqishni hohlashmaydi. Ana shunday vaziyatda o'quvchining hohilshlariga qaramasdan ularni harakat qilishga kerak bo'lganda majburlay oladigan insonlar qo'l keladi.

Talabchan ustoz qanday bo'ladi?

1. Yuqori marralarni qo'yadi.
Talabchan ustozlar o'quvchilari nimani hohlashiga kamroq e'tibor berib, ko'proq ularga nima muhimligini hisobga olgan holda vazifalar miqdorini belgilaydi va bajarishga undaydi.

2. Intizomni shakllantiradi.
Talabchan o'qituvchi vaqtga rioya qilish va har bir detallarga chuqur e'tibor berishga chorlaydi va kezi kelganda loqaydlikni jazolaydi.

3. Bardoshlilikni kuchaytiradi.

Yuqori talablar bilan yoshlarga qiyinchiliklarni yaratib berish va ularni yengishni talab qilish orqali talabchan ustozlar o'quvchilarda bardoshlilikni rivojlantiradi.

PS: Ustozni shogirdga bo'lgan ishonchi va qo'ygan marralari kelajak liderlarini yaratadi.

Fikrimga qo'shilasizmi?

Fikr mulohazalaringizni kommentlarda yozib qoldiring!

Kanalga obuna bo’lish👇
@MakhmudYundashev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum. Sal ko’proq ijtimoiy tarmoqlarda aktiv bo’lmadim sababi yangi ishga o’tganligim uchun aktivlik ozgina kamaydi. Ota onalar, ustozlar va direktorlarga murojat qilmoqchiman, videoda to’liq aytilgan

Kanalga obuna bo’lish👇
MakhmudYuldashev
Instagram👇
Makhmud_Yuldashev
2025/02/22 03:05:04
Back to Top
HTML Embed Code: