Telegram Group Search
🔴#Ayni_paytda

Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilmoqda. Tadbirning ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov so‘zga chiqib, barcha o‘quvchi-yoshlarga omadlar tiladi.

"Ochiq eshiklar" kuni doirasida maktab o‘quvchilari ushbu muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishibgina qolmay, mazkur ta’lim dargohi o‘quvchilari tomonidan ishlangan loyihalar bilan ham tanishmoqda.

Ma’lumot uchun: Samarqand shahridagi Prezident maktabida bir yilda ikki marotaba ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi. Bugungi tadbir doirasida maktab faoliyati bilan tanishish uchun 1000 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
🔹 DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI UCHUN NAVBATDAGI "SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI" TASHKIL ETILDI

▫️O‘quv soatida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etishib, zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
     
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
🔵 MAKTABGACHA TA’LIM BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

⚡️Kattaqo‘rg‘on shahridagi 16-maktabgacha ta’lim tashkilotida namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti loyihasi doirasida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davri, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish” mavzusida amaliy seminar tashkil qilindi.
Tadbir avvalida muassasadagi mavjud shart-sharoitlarni, dars mashg‘ulotlarni o‘tish jarayonlari, shuningdek tarbiyalanuvchilar uchun yozgi sog‘lomlashtirish davrini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.

⚡️Seminar ishtirokchilari muassasada tarbiyalanuvchilarning ta’lim olishlari uchun imkoniyatlarning yaratilganligi ularni barkamollikda voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etishini bildirdalir.

Shuningdek, bu kabi seminarlar o‘zaro tajriba almashish, yangiliklarni olishlarida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Tadbirda shahar hokimi G.Alimova ishtirok etdi.


Telegram | Facebook | YouTube
2025/05/30 10:02:32
Back to Top
HTML Embed Code: