Telegram Group & Telegram Channel
#finished

Brayan Treysi "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobining asosiy g‘oyasini mashhur yozuvchi Mark Tvenning "Agar ertalab birinchi bo‘lib tirik qurbaqani yutsangiz, kunning qolgan qismi bundan oson kechadi" mazmunidagi jumlasi atrofida qurgan ekan.

Muallif eng qiyin va eng muhim ishlarni katta va xunuk qurbaqaga o‘xshatadi. Birinchi bo‘lib eng kattasi va jirkanchini paqqos tushirsangiz kunning qolgan qismi go‘zal kechadi deydi. Ya’ni eng qiyin va muhim ishni hal etsangiz qolgani osonlashib boraveradi degan fikrni ilgari suradi.

Buni oson va samarali qilish uchun 21 ta tavsiya beriladi. Har bir tavsiya bir bob bo‘lib real keyslar va raqamlar bilan asoslab beriladi. Yaxshi tomoni fikrlar qisqa va lo‘nda tushuntirilgan. Boshqa bu kabi kitoblardagidek ortiqcha ezmalanish va "o‘tlab ketish"lar yo‘q.

Kitobda o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan eng muhim uchlik haqida gapirib o‘tmasam bo‘lmas. Bular: eng muhimlarini belgilab olish, qaror qabul qilish va qarorlarni to‘g‘ri saralash.

Qaror qabul qilish bo‘yicha hammada muammo bo‘lsa kerak. Ko‘p odamlar mukammallikni kutib, ishni boshlamaydi yoki doimiy ravishda kechiktiradi. Muallif esa "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobida bunga quyidagicha amaliy maslahat beradi: "Ishga kirishish uchun o‘zingizga 5 daqiqa qoidasi qo‘ying: "Faqat 5 daqiqa shu ish bilan shug‘ullanaman" deb boshlang. Ko‘pincha aynan shu 5 daqiqalik bosqich ishni to‘liq bajarishga turtki beradi, deydi u.

Yana keng tarqalgan "kasallik"lardan biri kechiktirish odati. Sababsiz yoki o‘zimizcha qandaydir sabablar o‘ylab topib ishni ortga tashlaymiz. G‘oyamizni kimdir amalga oshirganida esa afsus qilamiz. Masalan, menda bunaqasi ko‘p bo‘lgan.

Bu odatni yengish uchun esa "ishni bo‘laklarga bo‘lib bajarishni, katta ishning kichik bo‘laklariga esa yuqorida aytilganidek, "5 daqiqa faqat shu ish bilan shug‘ullanaman" deb kirishish bu odatdan qutulishda yuqori samara beradi, deydi Brayan Treysi.

Xulosa qilib aytganda, "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobi vaqtingiz va hayotingizni tartiblashga yordam beradi. Endi buyog‘i kitobdagi tavsiyalarni hayotingizga qanchalik tatbiq eta olishingizga bog‘liq.

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/qora_yigit/1035
Create:
Last Update:

BY Birburchak

Share with your friend now:
group-telegram.com/qora_yigit/1035

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Telegram users are able to send files of any type up to 2GB each and access them from any device, with no limit on cloud storage, which has made downloading files more popular on the platform. Individual messages can be fully encrypted. But the user has to turn on that function. It's not automatic, as it is on Signal and WhatsApp. "He has kind of an old-school cyber-libertarian world view where technology is there to set you free," Maréchal said. Update March 8, 2022: EFF has clarified that Channels and Groups are not fully encrypted, end-to-end, updated our post to link to Telegram’s FAQ for Cloud and Secret chats, updated to clarify that auto-delete is available for group and channel admins, and added some additional links. Lastly, the web previews of t.me links have been given a new look, adding chat backgrounds and design elements from the fully-features Telegram Web client.
from us

Telegram Birburchak
FROM American