Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birburchak
Tanlov! Shartlar juda oddiy: ✅ Birburchak va Mahin’s World kanallariga a'zo bo'lasiz; ✅Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi. ❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib…
Результаты конкурса:
Победители:
1. Muxlisa_Omonova (@Mukhlisa_Omonova)
2. Madumarov (@Madumarovvv)
3. Дилфуза (@xakimovva_7)
Проверить результаты
Победители:
1. Muxlisa_Omonova (@Mukhlisa_Omonova)
2. Madumarov (@Madumarovvv)
3. Дилфуза (@xakimovva_7)
Проверить результаты
Birburchak
Результаты конкурса: Победители: 1. Muxlisa_Omonova (@Mukhlisa_Omonova) 2. Madumarov (@Madumarovvv) 3. Дилфуза (@xakimovva_7) Проверить результаты
Ertaga bayram ekan. Endi kitob sovgʻa qilish navbati sizlarniki deb yozaman degandim. Yozmasimdan oldin 50-60 kishi qochib qolibdi. Bunaqa emas-da endi doʻstlar 🤣🤣🤣 Qanday qilib yer ostida ilon qimirlasa sezasilareeey 😛
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-fevral nafaqat boʻydoqlar uchun balki bookblogerlar uchun ham ajoyib kun-daaa
Estetik zavq beradigan sovgʻa oʻrami va “Anor daraxti” kitobi uchun @qamarbooks ga rahmat.
Hammangizni 14-fevral “Xalqaro kitob hadya qilish kuni” bilan va
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shunday kunda kitob sovgʻa qilishlari yaxshi. Bu ishni asar muallifi qilsa yana ham yaxshi. Unda tilaklari va imzosi boʻlsa,undan ham yaxshi emasmi?
Sovgʻa uchun tashakkur, Abdulaziz Safiy, ijodingizga baraka!
Azoblash xizmati 2.0 pro 😛
➡️ @qora_yigit
Sovgʻa uchun tashakkur, Abdulaziz Safiy, ijodingizga baraka!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uxlashga rosa harakat qildim. Keyin bildimki shu postni qoʻymasam uxlolmas ekanman. Xullas, mana bu ikki kitobni ham bugun sovgʻa qilishdi. Kitob hadya qilish kuni munosabati bilan.
Ana endi bemalooool uxlasam boʻladi. Hurmat bilanazoblash xizmati 2.1 Pro Max Ultra 😛
➡️ @qora_yigit
Ana endi bemalooool uxlasam boʻladi. Hurmat bilan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yapon yozuvchisi Haruki Murakamining o‘z hayot falsafasi, odatlari, o‘ylari haqida yozgan "Yugurmasaydim yozolmasdim" kitobini o‘qishni boshladim.
Kitobni qaysidir ma’noda bo‘lajak yozuvchi-yu tarjimonlarga darslik o‘laroq qabul qildim. Yozuvchining kuchi har qanday matnda sezilib turishiga yana bir bor amin bo‘lyapman. Shunchaki yugurish haqida shunday katta kitobni o‘qib zerikmaslik mumkinligini hech o‘ylab ko‘rmagandim.
Endi bir-ikki kun Murakami va yugurish haqida yozib boshlaringizni qotirsam kerak)))
➡️ @qora_yigit
Kitobni qaysidir ma’noda bo‘lajak yozuvchi-yu tarjimonlarga darslik o‘laroq qabul qildim. Yozuvchining kuchi har qanday matnda sezilib turishiga yana bir bor amin bo‘lyapman. Shunchaki yugurish haqida shunday katta kitobni o‘qib zerikmaslik mumkinligini hech o‘ylab ko‘rmagandim.
Endi bir-ikki kun Murakami va yugurish haqida yozib boshlaringizni qotirsam kerak)))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#finished
Nihoyat "AKS" to'plamidagi barcha kitoblarni tugatdim.
Gulnoz Mo‘minovaning “Havo”si to'plamdan o'qigan oxirgi kitobim bo'ldi. Va bu seriyani shu kitob bilan yakunlaganimdan qaysidir ma'noda xursandman. "Havo" "AKS"ning darajasini ancha yuqoriga ko'tarib berdi men uchun.
Adabiyot nafaqat insonning yuragiga, balki tafakkuriga ham yo‘naltirilgan san’at. Aynan shu jihati bilan "Havo" meni o‘ziga tortdi. She’rlarni o‘qigan sari so'zlar ortidagi ruhiy iztirobni chuqurroq his qilib bordim.
Masalan, “Iyul” she’rida:
"Ko‘nglim qudug‘ini quritdi iyul,
Mendan chiqib ketdi yuvvosh ginachi" deydi Gulnoz opa. “Aytib bo‘lmaydigan qo‘shiq” esa "Havo"dan oldin ham tanish edi. Bu she’rda portlash, faryod va isyon bor.
Gulnoz Mo‘minova she’riyatining menga eng yoqqan jihati ichki kechinmalar va falsafiy qatlamning uyg‘unligi bo'ldi.
"Ichkari, ichkari, sirli ichkari,
Surur shovqinidan pinhon et meni!"
Ichkarilik – bu ruhiy xotirjamlikka intilish, shovqinli hayotdan chekinish, o‘z ichki dunyosi bilan yuzma-yuz qolish istagi. She'rni o'qiganimda menda ham shu istak borligini qayta his qildim, o'z tiilimdan yozilgandek o'qidim she'rni.
Aytgancha, bu she’rlarni o‘qishning o‘zi yetarli emas, ularni his qilish kerak, yashab ko'rish kerak...
"Makondoda yomg‘ir tinar.
Rutubat anqir havodan –
Shishgan o‘pkalar tubiga
Cho‘kayotgan og‘ir rutubat".
Umuman olganda, “Havo” nafaqat "AKS"ni, balki zamonaviy o‘zbek she’riyatini ham falsafiy va badiiy jihatdan baland bosqichga olib chiqqan. Bu kitobni hatto she'r oʻqib yurmagan odamga ham bemalol tavsiya qila olaman.

#nazm
Uzoq-uzoqlarda akillab itlar,
Toki tongga qadar chaynashar tunni.
Oynaga termulib oʻtiribsan jim,
Va butkul oʻzingga topshirib oʻzni...
Shamollarda uchgan rayhon isiday,
Kapalakdek mayin uchar xayoling.
Har yurak zarbingda tushasan choʻchib
Tunlarga toʻkilib borar maloling.
Yutoqib choʻkasan. (Tun ham bir dengiz)
Tongning qirgʻogʻidan topasan oʻzni.
Uzoq-uzoqlarda akillab itlar,
Toki tongga qadar chaynashar tunni...
Bugun doimgidan ko‘proq yig‘laysan,
Ko‘zingdagi ko‘z yosh tugashi uchun...
©️Muhiddin Nido
➡️ @qora_yigit
Uzoq-uzoqlarda akillab itlar,
Toki tongga qadar chaynashar tunni.
Oynaga termulib oʻtiribsan jim,
Va butkul oʻzingga topshirib oʻzni...
Shamollarda uchgan rayhon isiday,
Kapalakdek mayin uchar xayoling.
Har yurak zarbingda tushasan choʻchib
Tunlarga toʻkilib borar maloling.
Yutoqib choʻkasan. (Tun ham bir dengiz)
Tongning qirgʻogʻidan topasan oʻzni.
Uzoq-uzoqlarda akillab itlar,
Toki tongga qadar chaynashar tunni...
Bugun doimgidan ko‘proq yig‘laysan,
Ko‘zingdagi ko‘z yosh tugashi uchun...
©️Muhiddin Nido
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov!
Shartlar juda oddiy:
✅ Bookerberg va Birburchak kanallariga a’zo bo'lasiz;
✅Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi.
❗️E’tiborli boʻling, kanallarga a’zo boʻlmasangiz gʻolib boʻla olmaysiz.
🏆Gʻoliblarimiz 4 nafar bo'ladi. Gʻoliblarga yaqinda nashr etilgan Paul Polakning “Kambagʻallik girdobidan chiqish” nomli yostiqdek qalinlikdagi kitobi sovgʻa qilinadi.
Natijalar 18-fevral kuni 20:00 da e'lon qilinadi.
🔜Xabarni kitobxon tanishlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang. Barchaga omad tilayman!
Shartlar juda oddiy:
✅ Bookerberg va Birburchak kanallariga a’zo bo'lasiz;
✅Va shunchaki pastdagi "QATNASHAMAN" tugmasini bosasiz. G'oliblarni telegramning o'zi random orqali aniqlab beradi.
🏆Gʻoliblarimiz 4 nafar bo'ladi. Gʻoliblarga yaqinda nashr etilgan Paul Polakning “Kambagʻallik girdobidan chiqish” nomli yostiqdek qalinlikdagi kitobi sovgʻa qilinadi.
Natijalar 18-fevral kuni 20:00 da e'lon qilinadi.
🔜Xabarni kitobxon tanishlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang. Barchaga omad tilayman!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yomg‘ir haqida qiziq bir maqola o‘qib qoldim.
Yomg‘irda, yomg‘irli kunlarda odamlar o‘zlarini boshqacharoq his etishadi. O‘zgacha maroq bilan uxlashadi. Qandaydir baxtliroq, qandaydir xotirjam his etishadi o‘zlarini. Masalan, menda shunaqa. Sizda ham shundaymi?
Bu xotirjamlikning sabablaridan birini olimlar inson genetikasiga muhrlanib qolgan qo‘rquv hissi bilan bog‘lashibdi.
Yomg‘ir yog‘ib turgan paytda odamlarga hujum qilishi mumkin bo‘lgan, odamlarni yeydigan yirtqich hayvonlar ovga chiqishmas ekan. Shu sababli juda qadim zamonlarda himoyasiz bo‘lgan insonlar genetik kodlarida yomg‘ir paytida uxlash xavfsiz degan tushuncha muhrlanib qolganmish. Ana shu sabab insonlar beixtiyor yomg‘irli kunlarda o‘zlarini boshqacharoq his etadi, xotirjam bo‘ladi deya fikr bildirishibdi olimlar.
Bu fikrlar qanchalik asosli yoki asossiz bilmadim. Hozircha bu ilmiy bir qarash. Ammo men bu qarashga ishondim. Menga juda asoslidek tuyildi. Yomg‘irli kunda yirtqichlar ov qilmasligiga ishonchim komil bo‘lgani bois Oynur bilan ozroq o‘ynadik😃 Yomg‘irli havoda maza qilib kezindik.
Bugun boshqa qaytmaydi. Uni maroq bilan o‘tkazing. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarni. Chunki ko‘chada sizga xavf soladigan yirtqichlar bo‘lmasligiga olimlar kafolat berishmoqda😁
➡️ @qora_yigit
Yomg‘irda, yomg‘irli kunlarda odamlar o‘zlarini boshqacharoq his etishadi. O‘zgacha maroq bilan uxlashadi. Qandaydir baxtliroq, qandaydir xotirjam his etishadi o‘zlarini. Masalan, menda shunaqa. Sizda ham shundaymi?
Bu xotirjamlikning sabablaridan birini olimlar inson genetikasiga muhrlanib qolgan qo‘rquv hissi bilan bog‘lashibdi.
Yomg‘ir yog‘ib turgan paytda odamlarga hujum qilishi mumkin bo‘lgan, odamlarni yeydigan yirtqich hayvonlar ovga chiqishmas ekan. Shu sababli juda qadim zamonlarda himoyasiz bo‘lgan insonlar genetik kodlarida yomg‘ir paytida uxlash xavfsiz degan tushuncha muhrlanib qolganmish. Ana shu sabab insonlar beixtiyor yomg‘irli kunlarda o‘zlarini boshqacharoq his etadi, xotirjam bo‘ladi deya fikr bildirishibdi olimlar.
Bu fikrlar qanchalik asosli yoki asossiz bilmadim. Hozircha bu ilmiy bir qarash. Ammo men bu qarashga ishondim. Menga juda asoslidek tuyildi. Yomg‘irli kunda yirtqichlar ov qilmasligiga ishonchim komil bo‘lgani bois Oynur bilan ozroq o‘ynadik
Bugun boshqa qaytmaydi. Uni maroq bilan o‘tkazing. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarni. Chunki ko‘chada sizga xavf soladigan yirtqichlar bo‘lmasligiga olimlar kafolat berishmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM