Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'z tomorqasida barpo etgan issiqxonada sitrus mevalar yetishtirayotgan bog'bon

Shahrisabz tumani "Hojimaydon" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Oybek Mavlonov tomorqadan unumli foydalanib kelmoqda.

Telegram|You Tube|Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maslahat oshi...

"Maslahat oshi" atrofida dabdabali to‘y, ortiqcha chiqimlar haqida emas, farzandlarimizning kelajagi, ta’lim olishi va hunar o‘rganishi haqida gaplashaylik.

Telegram|You Tube|Facebook|Instagram|X
SHAHRISABZ SHAHRI HOKIMINING TURKIYADAGI SAFARI MUHIM UCHRASHUVLARGA BOY O'TMOQDA

O‘zbekiston delegatsiyasi hokimlar malaka oshirish dasturi doirasida tajriba almashish, shaharlarni rejalashtirish hamda boshqaruvning ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida Turkiyada bo‘lib turibdi.

Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo’riyev Turkiyaning Gebze shahrida shahar hokimi Zinnur Buyukgo'z bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki shahar o‘rtasidagi ko‘plab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

• Uchrashuvda ikki shahar o‘rtasida savdo va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, investitsiyalarni jalb qilish, sanoat sohasidagi hamkorlik va iqtisodiy rivojlanishning yangi imkoniyatlari, ijtimoiy va madaniy sohalarda o‘zaro tajriba almashish, shu jumladan madaniyat va san'at sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

• Gebze shahri, shuningdek, turizm va infratuzilma sohalarida ham rivojlangan shahar hisoblanadi. Uchrashuvda bu yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Investitsiyalarni jalb qilish va yangi texnologiyalarni o‘rganish masalalari ahamiyatli o‘rinda turdi.

• Ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘zaro tajriba almashish va yangi metodologiyalarni o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratilishi kelishib olindi.

• Gebze shahrining ilg‘or infratuzilma va shahar rejalashtirish tajribalari O‘zbekistonda, xususan, Shahrisabz shahrida qo‘llanilishi mumkin. Zamonaviy qurilish uslublari, transport infratuzilmasi va energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuvlar ikki shahar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va birgalikda rivojlanish uchun qulay imkoniyatlar, Shahrisabz shahar va Gebze shaharlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.


Shuningdek, Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Boriyev va Istanbulning Pendik shahar meri Ahmet Chin o‘rtasida ham bo‘lib o‘tgan uchrashuvda memorandum imzolandi.

Telegram|You Tube|Facebook|Instagram|X
Ҳокимликлар вакиллари экспортёр корхоналар фаолияти билан танишди

Туман ва шаҳар ҳокимликларида фаолият юритаётган рақамли иқтисодиётни жорий этиш бўйича лойиҳалар менежерлари Қарши шаҳрида жойлашган “Масофавий хизматлар экспорт маркази” фаолияти билан яқиндан танишдилар.

Шунингдек, Россия ва АҚШ бозорида хизмат кўрсатаётган “IT Call Karshi” МЧЖ, “NNТ Express” МЧЖ ва “FATHTIME” МЧЖ фаолияти ўрганилди. Бундан ташқари, туман ва шаҳарларда ушбу йўналишда янги филиаллар ташкил этиш масалалари муҳокама қилиниб, келишувларга эришилди.

Telegram|You Tube|Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Кувайт Давлати Амири Шайх Мишъал ас-Сабоҳнинг таклифига биноан 17-18 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Эмира Государства Кувейт Шейха Мишааля ас-Сабаха 17-18 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Kuvayt #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/02/19 10:31:45
Back to Top
HTML Embed Code: