group-telegram.com/ferganasoliq/2903
Last Update:
Taksi haydovchilari ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga qo‘shiladi
Prezidentimizning tegishli qarori bilan avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratildi:
✅2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda.
Bunda:
➖ litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;
➖majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;
➖o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
BY Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

Share with your friend now:
group-telegram.com/ferganasoliq/2903