group-telegram.com/soliqnews/7182
Last Update:
Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi
Daromad solig‘ini to‘lash talabalar zimmasiga yuklanganligi haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Ko‘chmas mulk obyektlarini talabalarga ijaraga berishda daromad oluvchi mulk egasi bo‘lib, Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq bunday daromad jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari hisoblanadi.
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarning majburiyati hisoblanib, natijada ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi (SK 85-moddasi).
Shuningdek, jismoniy shaxslar uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksining 378-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi O‘zR Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda qabul qilingan va 2022-yil 1-yanvardan amaliyotga tatbiq etiladi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/7182