group-telegram.com/soliqnews/9641
Last Update:
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillari maqbullashtirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq:
🔸yuridik shaxslar tomonidan 2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular boʻyicha hisoblangan soliq summalari toʻgʻrisidagi arxiv hujjatlarini saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyati bekor qilinadi;
🔸yuridik shaxslar 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan
▫️moliyaviy,
▫️soliq,
▫️statistika hisobotlarini,
shuningdek, soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi;
🔸2023-yil 1-yanvardan boshlab buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi;
🔸2023-yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/9641