Telegram Group Search
Navroʻz bayramingiz muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar!

Yangi kun, yangi umid va ezgulik ramzi bo‘lmish Navroʻz bayrami bilan barchangizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Bu fayzli ayyom yurtingizga tinchlik, xonadoningizga fayz-u baraka, yo‘llaringizga esa hamisha ravonlik olib kelsin!

Toshkent shahar jamoat transporti Navroʻz bayrami kunlarida sizga yanada qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish uchun tayyor! Shahrimiz ko‘chalari bahoriy gulzorlar bilan yanada chiroy ochib, transport harakati bayramona kayfiyat baxsh etadi.

Yangi kun barchamizga omad va ezgulik olib kelsin! Navroʻz ayyomi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi


С праздником Навруз!

Уважаемые соотечественники!

От всей души поздравляем вас с праздником весны, обновления и благополучия – Наврузом! Пусть этот светлый день принесёт в ваши дома мир, радость и процветание, а все дороги будут лёгкими и безопасными!

Общественный транспорт Ташкента в праздничные дни работает для вашего удобства, чтобы каждая поездка приносила комфорт и хорошее настроение. Город наполняется весенними красками, а дороги – атмосферой праздника.

Пусть этот день подарит счастье, гармонию и успех! С праздником Навруз!

C уважением,
Главное управление транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента
❗️❗️E'LON ❗️❗️

🔶 Toshkent shahar hududidagi shahar yoʻnalishli taksi yo'nalishlarni biriktirish bo'yicha elektron tarzda OCHIQ TENDER O'TKAZILADI                                       

Batafsil quyidagi manzilda :👇👇👇
🌐https://www.toshkentmintrans.uz/site/news?id=287
Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!

Shayxontohur tumanidagi Shofayzi ko‘chasining Ko‘kcha darvoza ko‘chasidan Rahmat Fayzi ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan, 34-sonli "Chilonzor metrosi - Shifokorlar shaharchasi" avtobus yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va yo‘lovchilardan harakatlanish rejalari bo‘yicha oldindan tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘raymiz.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

Уважаемые жители и гости столицы!

В связи с проведением ремонтных работ на участке улицы Шофайзи в Шайхантахурском районе, от улицы Кукча дарвоза до улицы Рахмата Файзи, временные изменения вносятся в маршрут автобуса №34.

Приносим извинения за причиненные неудобства и просим пассажиров заранее планировать свои поездки.

Главное управление транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента
📢 DIQQAT! 2025-YIL 28-MARTDAN AVTOBUS YO‘NALISHLARIDA O‘ZGARISHLAR KIRITILADI! 🚍

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan 2025-yil 28-martdan quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:

190-sonli avtobus yo‘nalishi
🔹 “Yangibozor AShB - Mashinasozlar metrosi” yo‘nalishi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. Keyin o‘zining avvalgi yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettiradi.

🆕 Yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ochiladi!
🚍 “O‘zbekiston mehmonxonasi bekati - Yangi Toshkent bekati” yo‘nalishi tashkil etiladi.
🔹 Ushbu yo‘nalish Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi.

137-sonli avtobus yo‘nalishi
🔹 Endilikda Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yo‘li ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi.
🔹 “Istiqbol mahallasi - Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi” yo‘nalishi “Yangi Toshkent bekati - Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi” deb nomlanadi.

ℹ️ Hurmatli yo‘lovchilar, ushbu o‘zgarishlarni inobatga olgan holda sayohatingizni rejalashtiringiz so'raladi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon Hayit muborak bo‘lsin!

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari!

Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi jamoasi sizlarni muborak Ramazon Hayiti bilan samimiy tabriklaydi!

Bu ulug‘ ayyom tinchlik, mehr-oqibat va birdamlik ramzi bo‘lib, yuraklarimizga ezgulik, xonadonlarimizga fayzu baraka olib kelsin.

Ushbu muborak kunda yaqinlaringiz bilan xursandchilikda, shodlik va totuvlikda bayramni nishonlashingizni tilaymiz.

Yo‘llarimiz har doim ochiq, yurishlaringiz xavfsiz va barakali bo‘lsin!

🌙 Ramazon Hayitingiz muborak bo‘lsin! 🌙

Hurmat bilan,
Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

С праздником Рамазан Хайит!


Уважаемые жители и гости столицы!

Коллектив Главного управления транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента сердечно поздравляет вас с благословенным праздником Рамазан Хайит!

Этот светлый день является символом мира, милосердия и единства, принося в наши сердца добро, а в дома — благополучие и достаток.

Пусть этот праздник пройдет в атмосфере радости, согласия и счастья рядом с вашими близкими!

Пусть наши дороги всегда будут открыты, а ваши поездки — безопасными и благополучными!

🌙 С праздником Рамазан Хайит! 🌙


C уважением,
Главное управление транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента
🚧 DIQQAT! Ba'zi avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtinchalik o‘zgaradi 🚧

Hurmatli poytaxt aholisi va yo‘l harakati ishtirokchilari!

🏗 Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

📍 Yopiladigan yo‘l qismi:
🛣 Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan joydan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joygacha.

📆 Ishlarni bajarish muddati:
🗓 2025-yil 2-apreldan sentyabr oyigacha.

🚍 Ba'zi avtobus yo‘nalishlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar:
🔹 42-sonli avtobus: Kensoy qo‘rg‘oni – Chorsu savdo markazi (Sag‘bon ko‘chasi orqali).
🔹 43-sonli avtobus: Yunusobod mavzesi 6-daha – Ftiziatriya instituti (Sebzor ko‘chasi orqali borish, Sag‘bon ko‘chasi orqali qaytish).
🔹 109-sonli avtobus: Chuqursoy temiryo‘l stansiyasi – Chorsu metrosi (Sebzor ko‘chasi orqali borish, Sag‘bon ko‘chasi orqali qaytish).

⚠️ Yo‘lovchilardan ushbu o‘zgarishlarni inobatga olib, o‘z safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yolovchilar_fikri

🚌 Xabaringiz bor, Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan, 2025-yil 28-martdan boshlab 190- va 137-sonli avtobus yo'nalishlarining harakati Yangi Toshkent bekatigacha uzaytirildi.

💬Bugun biz ana shu Yangi Toshkentda faoliyat olib borayotgan va mazkur avtobuslar xizmatidan foydalanayotgan yo'lovchilarning fikrlari bilan qiziqdik.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/04/12 01:39:17
Back to Top
HTML Embed Code: