🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Zaharlangan yoki kasallangan chorva mollarini qanday aniqlash mumkin? 🐄Chorva mollarining zaharlanganligi yoki kasallanganligini aniqlash muhim hisoblangan. Bu kabi holatlar o’z vaqtida bartaraf etilsa, ehtimoliy katta muammolarni oldini olish mumkin. Bilasiz,
zaharlangan yoki kasallangan chorvalar bozorda o’z qiymatini yo’qotishi bilan birga, uning go’shti ham iste’molga yaroqsiz bo’lib qoladi. Ushbu ko’ngilsiz holatlarni quyidagi belgilar orqali bilib olsa bo’ladi.
🔘Zaharlanish belgilari:
✅Zaharlanish vaqtida nafas olish tizimi yomonlashadi;
✅Og'iz atrofida ko'piklanish hosil bo’ladi. Bu odatda kimyoviy yoki o'simlikdan zaharlanish belgisi bo'lishi mumkin;
✅Zararli ozuqa yoki suv iste'mol qilish oqibatida qorin dam bo’ladi;
✅Koordinatsiya buziladi, qaltirash, yurishdagi qiyinchiliklar ortib boradi;
✅Ko’ngil aynish holati kuzatila boshlaydi.
🌐Kasallik belgilari:
✅Chorva mollari kasallansa, avvalo tana harorati ko’tariladi;
✅Ishtaha yo’qoladi. Oziqlanish va kuchga to’lish uchun kerak bo’lgan yemaklarni iste’mol qilmay qo’yadi;
✅Nafas olishda qiyinchilik, yo'tal yoki qaltiroq paydo bo'la boshlaydi;
✅Ko'zlarda qizarish, suvsizlik yoki burundan chiqayotgan suyuqlik infeksiyaning belgilari bo'lishi mumkin;
✅Kasallik oqibatida hayvonlarda harakatsizlik ortadi. O’rnidan turishga kuch topolmaydi;
✅Najasning g'ayritabiiy rangi, hidi, yoki konsistensiyasi kasallik belgisi bo'lishi mumkin.
🔗Agar ushbu belgilarni sezsangiz, imkon qadar tezroq
veterinarga murojaat qiling. Vaqtida aniqlanmagan
zaharlanish yoki kasalliklar chorva mollari uchun xavfli bo'lishi mumkin. Shu bilan birga oziqlantirish ratsionga ham alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Yem va suvning tarkibi doim tekshirilishi shart.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram