Telegram Group Search
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fan olimpiadalari (U.R)
📣📣📣📣📣

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi  21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Ruminiyaga yo'l oldi!

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha o’quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda dunyo bo’yicha mazkur fanlardan maktab o’quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog’lom muhit yaratishga qaratilgan.

21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

▶️ Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Toshtemirov Hushnudbek  Xasanovich - Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 68-sonli maktab, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Mustafoyev Jasur Umidovich - Navoiy viloyati, Navoiy shahar   11-sonli AFChO‘IM   9-sinf o‘quvchisi;

▶️Asrorov Adham Asqar o‘g‘li - Samarqand viloyati, Payariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning, 9-sinf o‘quvchisi;

▶️Yuldashov Murodbek Uktam o‘g‘li - Toshkent shahar, Uchtepa tumani   74-sonli maktab   9-sinf o‘quvchisi.

😄 Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o'quvchilari 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo’lga kiritgan edi.
Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash
#Сўраган_эдингиз

Yangi baholash tizimi — CHSB imtihonlarida tushgan savollarni qayerdan olish mumkin?


Savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov javob beradi:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan markazlashgan tartibda o‘tkazilayotgan CHSB imtihonlarida tushgan test savollari bilan https://www.group-telegram.com/natijalaruz1bot orqali, javoblar varaqasi bilan esa https://www.group-telegram.com/natijalaruzbot bot manzili orqali tanishishingiz mumkin.

Bunda ID raqamingizni kiritish orqali javoblar varaqasini, fan va tilni tanlab esa savollar kitobini olishingiz mumkin.
________
❗️Ushbu bot manzillarida faqat markazlashgan tartibda o‘tkaziladigan fanlarga oid CHSB savollar kitobi va javoblar varaqasi joylashtirilgan.

Markazlashgan tartibda o‘tkazilmayotgan barcha CHSB va BSB sinov savollari esa maktablarga yetkazilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Новая_система_оценивания

Из какого источника можно брать тестовые вопросы по СОР?

На вопрос отвечает Заместитель министра дошкольного и школьного образования Сардор Раджабов:

Ознакомиться с тестовыми вопросами СОР, которые проводятся централизованно Министерством дошкольного и школьного образования, можно по ссылке https://www.group-telegram.com/natijalaruz1bot, а с результатами СОР – по ссылке https://www.group-telegram.com/natijalaruzbot.

Для ознакомления с результатами СОР вам необходимо ввести свой идентификационный номер, выбрать учебный предмет и язык.
________
❗️Только по данным адресам ботов размещаются вопросы и результаты СОР по темам, проводимым централизованно.

Все тестовые вопросы СОР и СОЧ, которые не проводятся централизованно, были доставлены в школы.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʻlim_sayohati

LONDON TAASSUROTLARI

"Sayohat qilar ekanman, o‘z bilimim orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va davlat ko‘magi asosida sayohat qilayotgan bir o‘quvchi, O‘zbekiston fuqarosi sifatida qalbimda faxr tuyg‘usini his qildim".


Rayhona Shomurodova - Qo‘shko‘pir tumani 4-son IDUMning 10-sinf o‘quvchisi, "Xorijiy tillarni o‘qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovi ishtirokchisi o'zining ta'lim sayohati taassurotlari bilan bo'lishdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi.

Oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur tashrif dastlab Germaniyadagi nufuzli universitetlardan biri boʻlgan Freyburg universitetidan boshlandi.

Uchrashuvda universitet klinikasi bosh direktori professor Fredrik Venz, "Mongold Consulting" raisi professor Klaus Mangold, "Consus.health" kompaniyasining bosh direktori Jorje Nikolic va boshqalar ishtirok etdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev davlatimiz rahbari tomonidan taʻlimga qaratilayotgan katta eʼtibor va izchil islohotlar natijasida bugungi kunda Oʻzbekistonda taʼlim tizimi tubdan oʻzgargani, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimi yanada mukammallashtirilib Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari yuksak marralarni zabt etayotganini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetining prorektorlari Baxtiyor Yoʻldoshov hamda Bahodir Ahmedov tashkil etilganiga qisqa vaqt boʻlishiga qaramasdan katta natijalarga erishib kelayotgan universitetimiz haqida taqdimot qildi.

Mezbonlar tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, yirik loyihalar, shuningdek, Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida rivojlanib borayotgan barcha sohalar singari taʼlimda ham ikki tomonlama yaqin hamkorlik va doʻstona munosabatlar alohida eʼtirof etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 99-sonli maktabda yangi baholash tizimi va uning muhim jihatlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.


 🔹 Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Muloqot avvalida masʼullar tomonidan o‘quvchilarning bilimini baholash bo‘yicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida to‘liq maʼlumot berildi.

Xususan, vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov so‘zga chiqib, ota-onalarni o'ylantirayotgan masalalar va uning yechimiga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ishchi guruhi tomonidan O‘quvchilarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari muhokama etildi

Bugun Qoraqalpog‘istonda Davlatimiz rahbarining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari, Mudofaa vaziri mas'ul xodimi, Shimoliy-g'arbiy harbiy okrugi qo'mondoni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda 514 nafardan ziyod umumta’lim tashkilotlarida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarish, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan har bir tuman (shahar)da “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ularni jihozlash, moddiy texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

📍 Shuningdek, xuddi shunday uchrashuvlar bugun vazirlik mas’ullari tomonidan Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/03 04:45:33
Back to Top
HTML Embed Code: