Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_ichida

🔹SAMARQANDDA TA'LIM HAFTA ICHIDA

Polsha ta'lim vaziri Samarqand shahridagi Prezident maktabiga keldi

Umumta'lim maktablarida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari birinchi mavsumiga start berildi

"Dolzarb 90 kunlik": Yozgi oromgohlar va umumta’lim maktablarida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Payariqda ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga metodik ko'mak berish bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
❗️Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lib,  tizimdagi eng so‘nggi  yangiliklardan xabardor bo‘ling!

🎥 Telegram kanal: https://www.group-telegram.com/samarqandvxtb.com
📲 Facebook kanal: https://www.facebook.com/SamarqandMMTB
💻 YouTube: https://youtube.com/@samarqandmmtb?si=g4gzrVdEdzPY9TEi


🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз вазирлик ва ҳокимликлар ишидаги муаммоларни таҳлил қилди.

Ҳар бир тумандаги 40 дан зиёд ташкилотда ўртача 500 нафар ходим ишлайди. Уларнинг вилоятда идораси ҳам, бошлиғи ҳам бор.

Айрим туман ташкилотлари оддий-оддий масалаларни ҳал қилиш учун вилоятдан, улар эса республикадан рухсат олиши керак.

Масалан, Қумқўрғон марказидаги темир йўлида ҳар куни 20 марта ёпиладиган “шлагбаум” 200 метр нарига кўчирилса, 8 минг автомобиль учун тирбандлик йўқолади. Лекин, бунга на туман, на вилоят ҳокимини ваколати бор. “Ўзбекистон темир йўллари”дан рухсат олиш керак.

Ёки, “Термиз-Сариосиё” темир йўлининг ярми электрлашмагани учун электровоз 1,5 соат сарфлайдиган манзилга тепловозлар 3 соатда бораяпти. Шу боис, кўпчилик автомобилда ҳаракатланмоқда.

Туман ҳокимлари ва аҳоли таклифларини эшитиб, бу йўналишни охиригача электрга ўтказса, 10 та туманни Термиз билан хавфсиз боғлаш мумкин, лекин транспорт вазири И.Маҳкамов, “Ўзбекистон темир йўллари” раиси З.Нарзуллаев бунга лоқайдлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹BOSHQARMA BOSHLIG‘I "DOLZARB 90 KUNLIK" DASTURI DOIRASIDA PAXTACHI TUMANI 1-UMUMTA’LIM MAKTABIDA TASHKIL ETILGAN TO‘GARAKLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI


🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
"KURASH-MILLIY GʻURURIMIZ"

Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Kurash-milliy gʻururimiz" shiori ostida kurash milliy sport turidan respublika birinchiligining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Samarqand shahrida yuqori saviyada tashkil etilgan va o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan 200 nafardan ziyod 5-6-sinf, 7-8-sinf va 9-11-sinf o‘quvchilari g‘oliblik uchun kurashdilar.

Musobaqada o‘z yosh va vazn toifalari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan o‘quvchilar, mazkur musobaqaning respublika final bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.
Forwarded from Hilola Umarova
Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab etib belgilandi.

Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Filiallarga o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.

Filiallarda o‘quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi.

Filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi.

Ma’lumot uchun: Prezident Farmoni asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴#Ayni_paytda

Xabar qilinganidek, 17-19-iyun kunlari Samarqand shahrida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqichi boʻlib oʻtadi.

Shu munosabat bilan bugun Samarqand temiryo'l vokzalida  ishtirokchilarni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari H.To‘xtayev so'zga chiqib, barcha jamoalarga omadlar tiladi.

Ma'lumot uchun: “Turon” maktab teatri tanlovi bahslari hududdagi Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi bahslari Nurafshon sanʼat saroyida tashkil etiladi.

Tanlovlar gʻoliblarini taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida boʻlib oʻtadi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
2025/06/29 13:21:43
Back to Top
HTML Embed Code: